Nazorat savollari:
Boshqaruv samaradorligi nima va qanday aniqlanadi ?
Boshqaruv samaradorligi qanday baholanadi ?
Boshqaruv samaradorligini baholashning qanaqa usullari mavjud?
Boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlarini ko`rsating.
Boshqaruv samaradorligi bilan ishlab chiqarish samaradorligi nima bilan farq qiladi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Boshqaruv samaradorligi va uni aniqlovchi mezonlar, ko`rsatkichlarni aniqlab, tahlil qiling va izohlang. 1.(468-479 b).
2.Boshqaruv mehnat samaradorligini aniqlash usullariga oid formulalarni yozib, tahlil qiling va izohlang. 1. (474-479 b).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Ishlab chiqarishning boshqarish samaradorligi deganda menejmentda boshqaruv faoliyatining jarayon sifatida natijaliligi tushuniladi.
2.Boshqaruv samaradorligi ko`rsatkichlarini shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin:
-texnik ko`rsatkichlar, ya’ni qo`llanayotgan texnik boshqaruv vositalarini ishlatilish sifatlarini aniqlovchi ko`rsatkichlar;
-tashkiliy ko`rsatkichlar, ya’ni boshqaruv jarayonini tashkil etilishini, tashkiliy tuzilma, axborotlar, xujjatlar bilan ishlashni tavsiflovchi ko`rsatkichlar;
-ijtimoiy ko`rsatkichlar, ya’ni boshqaruv apparatini mehnat sharoitini, sanitar, ruhiy, estetik va ijtimoiy omillarini aniqlovchi ko`rsatkichlar.
3. Boshqaruv samaradorligini aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar qatoriga esa:
-yillik iqtisodiy samara;
-boshqaruvni takomillashtirishga bo`lgan bir vaqtlik harajatlarning qoplanish muddati;
-boshqaruv apparatining mehnat unumdorligini oshishini ifodalovchi ko`rsatkichlar kiradi.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 468-482 b.
2. G`ulomov S.S. Menejment asoslari-Т.: Sharq, 326-337 b.
3. Qosimov G`.M. Menejment-Т.: O`zbekiston, 2002. 291-296 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |