Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 - rasm. Oqim moduli (M) ning havzaning o‘rtacha


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   200
Bog'liq
pdf

4.1 - rasm. Oqim moduli (M) ning havzaning o‘rtacha
balandligi (H
o‘rt
) ga bog‘liqligi 
 
4.4. Iqlimiy omillar va ularning ta’siri 
Ma’lumki, iqlimiy omillar deganda, atmosfera yog‘inlari, bug‘lanish, 
havo harorati, havo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan 
qaysi birining oqimga hal etuvchi va bevosita ta’sir etishini bilish uchun 
daryo havzasining suv muvozanati tenglamasiga murojaat etaylik. U 
quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi: 
0
0
0
Z
Y
X


yoki
0
0
0
Z
X
Y





68 
bu yerda: 
0
X
­ havzaga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori; 
0
Z
­ 
havzadan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish miqdori; 
0
Y
­ daryo 
oqimining o‘rtacha ko‘p yillik miqdori. 
Shu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga 
ta’sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog‘inlari va bug‘lanishdir. 
Boshqacha qilib aytganda, atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish daryo 
havzasida yig‘iladigan suvning oz yoki ko‘p bo‘lishiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in yog‘sa, 
oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ular orasidagi bog‘liqlikni 
analitik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 
)
(
0
0
X
f
Y


Biroq, bu bog‘liqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Chunki, oqim 
miqdoriga faqat yog‘inning oz va ko‘p bo‘lishi ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, 
balki uning yil davomida taqsimlanish xarakteri ham muhim o‘rin tutadi. 
Masalan, yog‘inning ko‘p qismi yilning sovuq davrlarida yog‘sa, u vaqtda 
uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo‘shiladi, ya’ni daryo 
oqimi bilan yog‘in o‘rtasida yetarli darajada bog‘liqlik bo‘ladi. Agar 
yog‘inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog‘sa, u vaqtda yog‘inning 
katta qismi bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. Yog‘inning 
qolgan qismigina oqim hosil bo‘lishida qatnashadi. Hatto ayrim 
hududlarda (O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Volga orti) yilning issiq vaqtida 
yoqqan yog‘inlar ba’zan hech qanday oqim hosil qilmaydi, chunki ular 
to‘la bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. Mana shunga 
o‘xshash sharoitlarda daryo oqimi bilan yog‘in o‘rtasida bog‘liqlik 
bo‘lmaydi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryo oqimiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi ikkinchi iqlimiy omil ­ bug‘lanishdir. Bu yerda shu narsani 
hisobga olish zarurki, bug‘lanish havo haroratiga bog‘liq bo‘lish bilan 
birga, ma’lum darajada yog‘in miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, O‘rta 
Osiyoda, ayniqsa, uning cho‘l rayonlarida havo harorati nihoyatda yuqori, 
bug‘lanish uchun sharoit yetarli, lekin bug‘lanish miqdori juda kichik, 
Chunki juda oz miqdorda yog‘in yog‘adi. 
Shimoliy rayonlarda, jumladan, Rossiyaning shimoliy qismida ham 
bug‘lanish miqdori kichik, biroq bu yog‘in miqdorining kamligidan emas, 
aksincha, havo haroratining pastligidandir. 
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadiki, daryo oqimining 
asosiy iqlimiy omillari bo‘lgan yog‘in va bug‘lanishni alohida, bir­biridan 
ajralgan holda tekshirib bo‘lmas ekan. Xuddi shu kabi oqim hosil 


69 
bo‘lishida qolgan iqlimiy omillar (havo namligi, shamol va boshqalar) ham 
bir­biriga bog‘liq holda doimiy ta’sir etib turadi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling