Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo havzasining geografik o‘rni va


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   200
Bog'liq
pdf

4.2. Daryo havzasining geografik o‘rni va
geologik tuzilishining ta’siri 
 
Daryo havzasining geografik o‘rni haqida gap ketganda, daryo 
havzasi joylashgan hududning eng chekka janubiy va shimoliy nuqtalari, 
eng chekka g‘arbiy va Sharqiy nuqtalari nazarda tutiladi. Shu 
ma’lumotlarga ega bo‘lsak, daryo havzasining qaysi materikda, qaysi 
kenglikda, qaysi mamlakat hududida joylashganligi haqida dastlabki 
tasavvurga ega bo‘lamiz. 
Daryolar to‘yinishida ishtirok etadigan yer osti suvlarining to‘planish 
va sarflanish sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog‘liqdir. Shu bilan 
bir qatorda, tog‘ jinslarining litologik tarkibi, suv o‘tkazmas qatlamlarning 
joylashish chuqurligi oqim hosil bo‘lishiga, uning miqdoriga hamda yil 
ichida taqsimlanishiga ta’sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi. 
Ma’lumki, suvni yaxshi o‘tkazadigan tog‘ jinslaridan iborat 
qatlamlar ko‘p miqdordagi suvni o‘ziga shimib oladi. Bunday sharoitda 
ular nam to‘plagichlar vazifasini o‘tab, yil davomida daryolarning yer osti 
suvlari bilan bir tekis to‘yinishini ta’minlaydi. 
Karst hodisalari keng tarqalgan hududlarda (Siluriy platosi, Qrimdagi 
Yayla) daryo havzasi geologik tuzilishining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri 
yanada yaqqol seziladi. Bunday maydonlarda daryolar deyarli uchramaydi, 
Chunki yog‘inning asosiy qismi yer ostiga shimilib, natijada yuza oqim 
hosil bo‘lmaydi. 
 
4.3. Relyefning ta’siri 
Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havzaning relyefi bevosita va 
bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relyefning oqimga bevosita ta’siri 
havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta 
bo‘lsa, oqim jadal sur’atda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish 
vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham 
kam miqdorda suv sarf bo‘ladi. Havzaning, yonbag‘irlarning nishabligi 
nisbatan kichik bo‘lganda esa yuqorida bayon qilinganlarning aksi 
kuzatiladi. 


66 
Havza relyefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda katta. 
Bu ta’sir daryo havzasi suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan 
yog‘in­sochin, bug‘lanish, yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan 
suv miqdori orqali seziladi. 
Ko‘pchilik hollarda relyef havzada qor qoplamining taqsimlanishiga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shamol ta’sirida do‘ngliklarda, suvayirg‘ichlarda 
qor kam to‘plansa, aksincha, botiqliklarda ko‘p to‘planib, keyinchalik 
harorat ko‘tarilgach, jadal sur’atda oqim hosil bo‘lishini ta’minlaydi. 
Suv muvozanati elementlariga va ular orqali daryo oqimiga balandlik 
mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajada 
namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta 
bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga va daryo oqimiga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200­300 
m) yillik yog‘in miqdori 700 mm ga yetsa, u bilan yonma­yon joylashgan 
hududlar (Lovat­Ilmen past tekisligi) da 550 mm yog‘in yog‘adi. Shularga 
mos ravishda u yerlardagi oqim modullari 10­11 va 5­6 l/s·km
2
ni tashkil 
etadi. 
Tog‘li hududlarda daryo havzasining suv muvozanati elementlari 
balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori tog‘ 
tizmasining o‘rni va yo‘nalishiga bog‘liq holda, ma’lum balandlikkacha 
ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortishi bilan yog‘in miqdori kamaya 
boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yonbag‘irlarida yog‘in 
miqdori 2250 m balandlikkacha ortsa, Jung‘oriya Olatovida bu balandlik 
3200­3400 m ni tashkil etadi. 
Yog‘in miqdoriga tog‘ yonbag‘irlarining nam havo oqimi 
yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Xisor 
tog‘ tizmasining janubi­g‘arbiy yonbag‘irlariga yiliga 1500­2000 mm 
yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘larining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori 
atigi 400­600 mm ni tashkil etadi. 
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki, 
balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning 
hissasi ortib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, oqim koeffitsiyentining 
o‘sishiga olib keladi. 
Balandlik ortishi bilan havo harorati pasaya boradi (har 100 m da 0,6 
0
C), havo namligi esa ortadi. Natijada, havzadan bo‘ladigan bug‘lanish 
miqdori balandlik ortishi bilan kamayadi. 
Xulosa qilib aytganda, yog‘in va bug‘lanishning balandlik bo‘yicha 
o‘zgarishiga bog‘liq holda oqim miqdori ham o‘zgaradi. Barcha olimlar shu 
fikrni tasdiqlagani holda, oqimning qaysi balandlikkacha ortib borishi haqida 
yagona fikrga ega emas. Masalan, V.L.Shulsning ma’lumotiga ko‘ra, O‘rta 


67 
Osiyo tog‘larida oqim miqdori 1000­1500 m dan boshlab, 2600­3500 m 
gacha ortib boradi, so‘ng esa uning kamayishi kuzatiladi. Kavkaz tog‘larida 
esa hatto 4000 m balandlikkacha ham oqimning kamayishga moyilligi kuza-
tilmagan. 
Tog‘li rayonlarda daryo oqimi (M) ning balandlik (H) bo‘yicha 
o‘zgarishi qonuniyatlarini M=
f
(H) bog‘lanish chizmasi yaqqol tasvirlaydi 
(4.1­rasm). Oqim hosil bo‘lishi sharoiti nihoyatda farq qilishi tufayli, 
ba’zan yagona tog‘ tizimining turli hududlari uchun chizilgan chizmalar 
shakli bir­biridan ajralib turadi. 
Umuman, tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relyefning 
ahamiyati nihoyatda katta. Relyef gidrologik hodisalarga, shu jumladan, 
oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas, balki 
tabiiy­geografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ham ta’sir etadi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling