Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Yer shari miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   200
Bog'liq
pdf

Yer shari miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi. 
Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, 
yog‘in­sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan 
materik ichkarisiga olib borilishi, bug‘lanish va daryo oqimidan tashkil 
topadi. 
Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi 
suvning barcha turdagi aylanishini o‘z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo 
oqimi ko‘rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo‘lgan dengizlarga 
qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday
qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yagona 
tizim sifatida o‘zaro bog‘langandir. 


60 


61 
Ko‘rilgan sxema juda soddalashtirilgan, amalda esa bu hodisa ancha 
murakkabdir. Chunki Yer shari yuzasidagi suvning bir qismi umumiy suv 
aylanishi 
jarayonidan 
chiqib ketishi (masalan, tog‘ jinslarini 
gidratatsiyalashda qatnashishi), bir qismi esa, aksincha, yer qa’ridan 
chiqib, aylanma harakat jarayonida qatnasha boshlashi mumkin. 
Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo‘lgan daryo suvlarining bir 
qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. 
Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya 
bo‘lib, u yerda hosil bo‘lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. 
Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb 
ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar 
ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb 
nomlanadi. 
Yer sharida chekka oqimli hududlar 117 mln.km
2
ni, ichki oqimli 
(berk) hududlar esa 32 mln.km
2
ni tashkil etadi. Eng katta ichki (berk) 
oqimli hududlarga Orol­Kaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko‘li havzasi, 
Sahroi Kabir, Arabiston va Markaziy Avstraliya cho‘llari misol bo‘ladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling