Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo suvining kimyoviy tarkibi va xossalari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   200
Bog'liq
pdf

 
2.2. Daryo suvining kimyoviy tarkibi va xossalari 
Tabiatda kimyoviy toza suv deyarli uchramaydi, uni faqat 
laboratoriya sharoitida hosil qilish mumkin. Bunday suv rangsiz, hidsiz va 


54 
mazasiz bo‘ladi. Tabiatdagi suv tarkibida doimo ma’lum miqdorda erigan 
moddalar bo‘ladi. 
Bug‘simon ko‘rinishdagi suv, asosan, N
2
O ifodasiga ega bo‘lgan 
oddiy molekulalardan iborat bo‘ladi. Oddiy, boshqa molekulalar bilan 
birlashmagan N
2
O molekula gidrol deb ataladi. Ikki oddiy molekulalar 
birlashgan birikma (N
2
O)

­ digidrol deb, uch molekulalisi (N
2
O)
3
esa 
trigidrol deyiladi. 
Suyuq 
holatdagi 
suv 
gidrol, 
digidrol 
va 
trigidrollarning 
aralashmasidan iborat bo‘ladi. Suvning harorati o‘zgarishi bilan oddiy va 
birikmalarga birlashgan molekulalar nisbati ham o‘zgarib turadi. Masalan, 
muz asosan trigidrol molekulalaridan iborat bo‘ladi. Suvning xossasidagi 
ba’zi anomal o‘zgarishlar muzning shunday strukturasi bilan bog‘liqdir. 
Yuqorida qayd etilganidek, suv vodorod bilan kislorodning eng 
oddiy birikmasidan (N
2
O) iborat bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha xossalarga 
ega. Bu xossalar suvning tuzilish xususiyatlari bilan aniqlanib, u esa, o‘z 
navbatida, suv molekulasining qanday birikkanligiga bog‘liq. Suv 
molekulasida og‘irlik bo‘yicha 11,11 foizi vodorod va 88,89 foizi kislorod 
bo‘lib, u 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bo‘ladi. Molekula 
teng tomonli uchburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning 105 gradusli 
cho‘qqisida kislorod atomi, asosida esa 1 tadan vodorod atomi joylashgan. 
Suvdagi barcha molekulalar ham bir xil atom og‘irligiga ega 
bo‘lmaydi. Odatdagi suv molekulalarining atom og‘irligi 18 ga teng bo‘lsa, 
ba’zilariniki 19; 20; 21 va hatto 22 ga teng bo‘ladi. Bunga sabab atom 
og‘irligi 16 ga teng bo‘lgan kisloroddan tashqari, atom birligi 18 va 19 li 
kislorod va atom og‘irligi 1 bo‘lgan vodoroddan tashqari atom birligi 2 va 
3 li vodorod atomlari ham bo‘ladi. Kimyodan ma’lumki, shunday bir xil 
elementning og‘irroq atomlari izotoplar deyiladi. 
Murakkab tajribalar natijasida, laboratoriya sharoitida, tarkibida 
vodorod va kislorod izotoplari bo‘lgan suv yaratilgan. Bunday suv og‘ir 
suv deyiladi. Bu suv oddiy suvdan farq qiladigan tabiiy xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Toza holdagi, tarkibi 
16
2
2
О
Н
bo‘lgan og‘ir suv +20 
0
C haroratda 
1,1056 g/sm
3
zichlikka (odatdagisi 0,9982), muzlash harorati -3,8 
0
C, 
qaynash harorati +101,42 
0
C ga teng bo‘ladi. Bunday og‘ir suvda baliq 
qisqa vaqt ham yashay olmaydi. 
Suv juda yaxshi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli 
uning tarkibida doimo ma’lum miqdorda erigan moddalar bo‘ladi. Erigan 
moddalar konsentratsiyasi ko‘pincha mg/l larda ifodalanadi. Suv tarkibida 
erigan magniy va kalsiy birikmalarining bo‘lishi uning qattiqligini 
ta’minlaydi. Qattiqlik darajasi graduslarda o‘lchanadi: 1 l suvda 10 mg 
kalsiy oksidi va 14 mg magniy oksidi bo‘lsa, u 1 gradus qattiqlikka teng 


55 
bo‘ladi. 8 gradusdan kam qattiqlikka ega bo‘lgan suv yumshoq, 8 
gradusdan 16 gradusgacha o‘rtacha qattiq va 16 gradusdan katta bo‘lsa, 
qattiq suv hisoblanadi. Qattiqligi 12 gradusdan kam bo‘lgan suvlar ichish 
uchun yaroqlidir. Qattiq suv texnik maqsadlar uchun yaroqsiz, Chunki ular 
metallar sirtida korroziyani tezlashtiradigan zararli qatlamlar hosil qiladi. 
Suvda vodorod ionlari juda kam miqdorda bo‘ladi. Kimyoviy toza 
suvda vodorod ionlari uning qisman dissotsiatsiyasi (H
2
O = H' + OH') 
natijasida paydo bo‘ladi. 
Tabiiy suvlarda vodorod ionlari konsentratsiyasi, asosan, ko‘mir 
kislotasi dissotsiatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi (H
2
SO
3
=HSO
3
'+H'). Vodorod 
ioni (H') eritmada kislota xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lsa, gidroksid ioni 
(OH') esa ishqoriy xususiyatlarni namoyon etadi. Kimyoviy toza suvda 
ikkala ion bir xil miqdorda bo‘ladi va shu sababli u neytraldir. Bu neytral 
reaksiyada vodorod ionlari konsentratsiyasi 10­7 g/l ga teng bo‘ladi. 
Odatda, suvdagi vodorod ionlari konsentratsiyasi manfiy belgili o‘nli 
logarifm daraja ko‘rsatkichi bilan va konsentratsiya miqdori pH belgi bilan 
ifodalanadi. Shunday qilib, neytral reaksiyali suvda pH =7 bo‘ladi. Agar 
pH<7 bo‘lsa, reaksiya kislotali (achchiq), pH>7 bo‘lsa, ishqorli (nordon) 
bo‘ladi. Tabiatdagi suvlarda pH ning miqdori 6,5 dan 8,5 gacha oraliqdagi 
qiymatlarda kuzatiladi. 
Tabiiy suvlardagi asosiy ionlarga quyidagilar kirib, ularning 4 tasi 
manfiy zaryadlangan anionlar va 4 tasi musbat zaryadlangan kationlardir: 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling