Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   200
Bog'liq
pdf

Nazorat savollari 
1. “Gidrologiya” fanining ta’rifini eslang. 
2. “Gidrologiya” fani o‘rganadigan suv obyektlariga bog‘liq holda 
necha qismga bo‘linadi? 
3. Quruqlik gidrologiyasi qanday suv obyektlarini o‘rganadi? 
4. 
“Gidroekologiya” fanining shakllanish jarayoni qanday 
muammolar bilan bog‘liq? 
5. Gidrologiyada qanday tadqiqot usullaridan foydalaniladi? 
6. “Gidrologiya” fanining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini 
eslang. 
7. Buyuk allomalar ­ Muhammad al­Xorazmiy, Ahmad al­Farg‘oniy, 
Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Zahriddin Muhammad Bobur va 
boshqalarning O‘rta Osiyoda suv ilmining shakllanishi va rivojlanishiga 
qo‘shgan hissasi nimalardan iborat? 
8. XVI – XIX asrlarda daryolar gidrologiyasiga oid tadqiqotlarga tavsif 
bering. 
9. Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasiga oid qanday 
tadqiqotlar amalga oshirilgan? 
10. “Daryolar gidrologiyasi” fanining mustaqillik yillaridagi rivojiga 
hissa qo‘shgan olimlarning tadqiqotlariga tavsif bering. 
 


53 
II BOB. Daryo suvi va uning tabiiy jarayonlar hamda
inson hayotidagi ahamiyati  
2.1. Daryo suvining tabiiy xususiyatlari 
Daryo suvi ko‘pgina xossalari bilan boshqa qattiq va suyuq 
moddalardan farq qiladi. U yengil, harakatchan suyuqlik bo‘lib, o‘zi 
quyilgan jism shaklini erkin qabul qiladi. Suv har xil kuch ta’siriga katta 
qarshilik ko‘rsatib, yuqori bosimga chidab, o‘z hajmini deyarli kam 
o‘zgartiradi. 
Tabiiy suv, unda boshqa eritmalar kam bo‘lsa, yupqa qatlamlarda 
rangsiz tusda, qalin qatlamlarda esa havorang­ko‘k tusda bo‘ladi. Toza, 
eritmasiz suv elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. 
Suvning zichligi deb, hajm birligidagi suv massasiga aytiladi. Suv +4 
0
C haroratda eng katta zichlikka ega bo‘ladi, undan katta va kichik 
haroratlarda esa zichlik kamayadi. Muzning zichligi suvnikidan kam. Shu 
tufayli muz parchasi suv yuzasida cho‘kmay turadi. Suv betidagi muz 
qoplami issiq­sovuqni yomon o‘tkazadi. Natijada, pastki qatlamlardagi suv 
muzlamaydi. Bu esa daryolarda va boshqa suv havzasidagi tirik 
organizmlarni qirilib ketishidan saqlaydi. 
Toza distillangan suvning muzlash harorati
0
C, qaynash harorati 
esa normal atmosfera bosimida +100 
0
C ga teng. Suvning muzlash va 
qaynash harorati unda erigan moddalar miqdori, ya’ni sho‘rligiga va 
atmosfera bosimiga bog‘liq. Suvning sho‘rligi ortishi bilan uning muzlash 
harorati pasayib, qaynash harorati esa ortadi. Masalan, okean va dengizlar 
suvi -2 
0
C da muzlaydi. 
Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 gramm massali suvni 1 
gradus isitish uchun talab qilinadigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Suvning 
solishtirma issiqlik sig‘imi 1,0 kal/g

grad ga teng bo‘lib, boshqa suyuq 
moddalar va qattiq jismlarnikidan yuqoridir. Masalan, muzning solishtirma 
issiqlik sig‘imi o‘rtacha -0,505 kal/g

grad, havoniki -0,237 kal/g

grad va 
tuproqniki esa -0,40 kal/g

grad ga teng. Suvning harorati o‘zgarishi bilan 
uning solishtirma issiqlik sig‘imi kam o‘zgaradi. Yuqorida keltirilgan 
raqamlarda aks etganidek, suvning issiqlik sig‘imi kattaligi quruqlikdagi 
suvlarning sovishi va isishi jarayonlarida, shuningdek, butun Yer shari 
iqlimining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling