Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Haydar Mirzo
Zahiriddin Muhammad Bobur (14831530-yillar) ning "Boburnoma" asarida ham yurtimiz gidrografiyasi daryolari, ko‘llariga tegishli ma’lumotlarni ko‘plab uchratish mumkin. Unda daryolarning chuqurligi, muzlashi, oqim rejimi, oqim miqdori (necha tegirmon suv oqishi) bayon etilgan. Bobur ta’biricha, Hindikush va Himolay tog‘lari shimol va janub daryolari suvini ajratuvchi (suvayirg‘ich) dir. Hindikushning g‘arbiy qismidagi baland qorliklardan boshlanadigan daryolar haqida shunday yoadi: "... Xirmand va Sind va Dug‘oba, Qunduz va Balxob suyi chiqar. Derlarkim, bir kunda har to‘rt daryo suyidan ichsa bo‘lur". Bobur daryolarning to‘yinish manbalaridan biri qorliklar haqida shunday yozadi: "Kobulning g‘arbiyjanubida ulug‘ qorlik tog‘ tushubtur, qori qorga etar, kam yil bo‘lg‘aykim, qorga etmagay". Yoki 47 "Boburnoma"da daryo va ko‘llarni badiiy mahorat bilan tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz: "... Obi Istodag‘a (Afg‘onistondagi ko‘l) etduk. G‘arib ul suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko‘rinmaydur. Suv osmon bila payvand ko‘rinadur, ul yuzdagi tog‘lar va pushtalar netavrkim,... yer birla ko‘kning orasida muallaq ko‘rinadur". Boburning zamondoshlari ham o‘z asarlarida suv havzalari ta’rifiga katta e’tibor berganlar. Masalan, Boburning qarindoshi Muhammad Haydar Mirzo (1499 - yilda tug‘ilgan) ning 15411547 yillarda bitilgan "Tarixi Rashidiy" asarida quyidagilar yozilgan: "Issiqko‘l (gird atrofi) 20 kunlik yo‘ldir... oyog‘i hech yerga chiqmaydilar, Chunki to‘rt atrofi tog‘dir. Shuncha suvki Issiqko‘lga kiradir, hammasi shirin va latifdir. Issiqko‘lga kirmoqlik bilan ul martabada achchiq bo‘ladir... qoyra suv ko‘zga yo og‘izga tegsa achish paydo bo‘ladu. Ammo nihoyatda sof, pokiza suvdir". Yoki Balxash ko‘li haqida shunday yozadi: "Ko‘kcha dengiz (Balxash) bir ko‘ldirki,... to‘g‘rasi va ba’zi yerlari qiyosan 30 farsah bo‘lg‘ay. Vaqtiki zimiston (qish) bo‘lib,... muzlab qolsa, o‘zbeklar muz yuzasidan ikki kechakunduz sur’at birla yurib o‘tarlar... Ko‘p miqdor suvlar Ko‘kcha dengiziga quyiladi. Hech yerga oyog‘i chiqmaydir". Mana shu davrlarda suv ilmining amaliy tatbiqi, ya’ni daryolardan kanallarga kerakli miqdordagi suvni chiqarib berish asosiy muammolardan hisoblangan. Uni hal etishda olimlar va miroblar daryolarda suvning oqish tezligini hisobga olib, suv yo‘lini to‘sishda turli usullardan foydalanganlar. Oqish tezligi katta bo‘lgan tog‘ daryolaridan suv olishda tosh, shag‘al uyumlari bilan mustahkamlangan yog‘och qoziq bog‘lamlaridan, daryolarning quyi oqimida, ya’ni tezlik nisbatan kichik joylarda esa qamish, shoxshabba bog‘lamlaridan foydalanilgan. Ekin maydonlarida yozgi suv taqchilligiga barham berish maqsadida bahorgi toshqin suvlarini to‘plashga imkon beradigan, o‘z davriga nisbatan yirik suv omborlari qurilgan. Ulardan biri XVI asrda Nurota tumanining Oqchob qishlog‘i yaqinida Beglarsoy daryosida qurilgan Abdullaxonbandi suv omboridir. U haqiqiy muhandislik suv inshooti bo‘lib, to‘g‘on tubi suv o‘tkazgichlari hamda toshqin suvlarini o‘tkazib yuborishga mo‘ljallangan maxsus qurilmalarga ega bo‘lgan. Arxeologlar, jumladan, akademik Abdulahad Muhammadjonovning guvohlik berishicha, to‘g’onning qurilish uslubi va sifati hozirgilardan deyarli farq qilmaydi. Umuman olganda, Temur va temuriylar, ayniqsa, Ulug‘bek va Navoiylar davrida mamlakat gullab-yashnagan, yangi yerlar o‘zlashtirilgan, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Natijada, ko‘p yerlarga kanallar yordamida suv chiqarilib, bog‘-u bo‘stonlarga aylantirilgan, yirik shaharlar va aholi punktlarining suv ta’minoti 48 yaxshilangan. Hatto Navoiyning ham asli kasbi miroblik bo‘lgani, Hirot shahri va uning atroflarida bir qancha kanallar qazdirgani hozirgi kunda ko‘pchilikka ma’lumdir. Masalan, «Boburnoma»da qayd etilishicha, Mashhad yaqinida joylashgan Turuqband suv inshooti Mir Alisher Navoiy tomonidan qurdirilgan. Shuningdek, u Tus viloyatining Chashmako‘l mavzesidan 10 farsah (60-70 km) masofada kanal qazdirib, Mashhadga suv keltirish ishlariga ham boshchilik qilgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling