Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abulqosim Mahmud ibn Umar azZamahshariy
Ma’nosi: Etil suvi qoyalar tubiga zarb bilan urilib oqmoqda.
Toshgan suvlardan hosil bo‘lgan ko‘lchalarda baliq, baqalar ko‘paymoqda. "Devon"da Irtish daryosi haqida quyidagilarni o‘qiymiz: "Ertish (Irtish) yamak sahrosida oqadigan bir suvning nomi. Bir necha tarmoq (ariq)lardan iborat bo‘lgan shu suv (nahr) o‘sha yer (qir)dagi bir ko‘lga quyiladi. Uni "ertish suvi" deyiladi. Bu nom suvdan o‘tishda "kim tez o‘tar" ma’nosida qo‘llanilgan "ertish" [moq] so‘zidan olingan". Bu yerda Irtish daryosi quyiladigan Zaysan ko‘li nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Xulosa qilib aytganda, Mahmud Qoshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan gidrologiya atamalari manbai sifatida foydalanish mumkin. Ushbu asarni sinchiklab o‘rganish o‘lkamiz hududining o‘sha davrdagi gidrografiyasi haqida tegishli tasavvur hosil qilishga hamda uning hozirgi kundagi holati bilan solishtirishga imkon beradi. Mahmud Qoshg‘ariydan keyin, XII XIII asrlarda yashagan buyuk olimlar - Abulqosim Mahmud ibn Umar azZamahshariy (1074 1144- yillar), Muhammad Najib Bakron (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshi) va boshqalar ham suv ilmiga katta ahamiyat berganlar. Masalan, azZamahshariy "Kitob aljibol va amkina val lityoq" (Tog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob) nomli asar ham yozgan. Najib Bakron esa 1209-yilda xorazmshoh Muhammad ibn Takashga (12001220-yillarda hukmronlik qilgan) dunyo xaritasini taqdim qiladi. Uning xaritaga ilova qilingan "Jahonnoma" nomli asarida quyidagilarni o‘qish mumkin: "Bahirai Issiqko‘l Barsg‘on yaqinida, Turkiston chegarasidadir. Uning hamma suvi issiqdir (ya’ni muzlamaydi). Tashqarisiga hech oqmaydi". Beruniy, uning zamondoshlari va ularga nisbatan keyinroq yashagan olimlar suv ilmining amaliy tadbiqiga ham katta ahamiyat berganlar. Jumladan, Beruniyning "O‘tgan avlodlar yodgorligi" asarida sun’iy favvoralar, kanallarni uzunlik bo‘yicha nivelirlash uskunalari haqida axborot berilgan. X asrda yashagan boshqa bir xorazmlik olim Abu Abdulloh Xorazmiy "Ilmlar kaliti" asarida Marv vohasidagi sug‘orish ishlariga va texnikasiga alohida bob bag‘ishlagan. Umuman olganda, shu davr olimlari suv inshootlari qurilishida yuksak muhandislik mahoratini namoyon etganlar. Masalan, arab olimi Istarxiy (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra Samarqand shahri IX asrdan boshlab tubiga qo‘rg‘oshin quyilgan akveduk ko‘tarma ariq orqali suv bilan ta’minlangan. Yoki sug‘oriladigan 45 yerlarni suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida tog‘oldi hududlarida korizlardan foydalanishgan (1.6rasm, a va b). Xuddi shu maqsadda suv omborlari ham qurilgan. Masalan, akademik Ya.G‘.G‘ulomov ma’lumotiga ko‘ra, X asrda Forish tumanida qurilgan Xonbandi suv ombori 1,5 mln.kub metr suvni sig‘dira olgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling