"Beruniyning dengizlar nazariyasi" nomini olgan.
Beruniy o‘sha davrdayoq tabiatda suvning aylanish jarayonini to‘la
tasavvur qilgan va bu haqda quyidagicha yozadi: "Yer yuzi havo bilan
o‘ralgan. Suv isiganda bug‘ga aylanib, havoga ko‘tariladi, keyin bulutga
aylanadi, unda tomchilarga aylanib, yog‘adi". Biron yerga tushadigan
yog‘in miqdori va turi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun shu joydagi
"... tog‘lar holatini, shamollar qanday esishini va bulutlar harakatini
o‘rganish kerak", deydi. U yog‘inning yil ichida va balandlik mintaqalari
bo‘yicha o‘zgarishi haqida "Osori boqiya" asarida qisqa va lo‘nda qilib
shunday yozadi: "Aniqki, yog‘in (bizning mamlakatlarda) qishda ko‘proq
yog‘adi, yozda kamroq, tog‘larda ko‘proq, tekisliklarda kamroq...".
Kelajakda Beruniy asarlarini yanada mukammalroq o‘rganish
“Daryolar gidrologiyasi” fani tarixini boyitishi tabiiydir.
Daryolar gidrologiyasi va, umuman, gidrologiyaga oid ma’lumotlar
Beruniyning Mahmud Gardeziy, Nosir Xisrav kabi zamondoshlari
asarlarida ham keng yoritilgan. Masalan, Mahmud Gardeziyning asarlarida
suv ilmiga oid qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz. U 1050-yilda yozib
tugallagan "Zayn alAxbor" (Axborot ko‘rki) nomli asarida shunday
yozadi: "Irtish kattagina daryo. Agar biron kishi daryoning narigi
qirg‘og‘ida tursa, bu qirg‘oqdan uni tanib bo‘lmaydi. Suvi qoramtir" yoki
"Issiqko‘lning bo‘yida yetti kun yuriladi. Unga 70 tacha jilg‘a quyiladi.
Suvi - sho‘r".
Beruniyning yana bir zamondoshi - Nosir Xisravning 1049-yilda
yozib tugallangan "Safarnoma" asarida quyidagilarni o‘qiymiz: "Nil
daryosi... Misr yonidan o‘tadi va Rum (O‘rta) dengiziga quyiladi... Nil suvi
ko‘payganda Termiz yonidagi Jayxun (Amudaryo) ning suvidan ikki
baravar ortiq ko‘rinadi". Shu asarda olim dengizlarda suv qalqishi jarayoni
tafsilotini quyidagicha bayon qiladi: "Ummon dengizi (Fors qo‘ltig‘i)da
har kuni ikki mahal suv qalqishi kuzatiladi, (suv) 10 gaz ko‘tariladi va
yana pasayadi... Dajla va Frot daryolari juda sekin oqadi... Dengiz qalqigan
paytda daryolar suvi 40 farsahga orqasiga surilib ketadi va daryo go‘yo
teskari oqayotganday ko‘rinadi. Bu hodisa Oyning holatiga bog‘liqdir".
41
Do'stlaringiz bilan baham: |