Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Yer osti suv yo‘llari va ularning vazifalari
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer osti suv yo‘llari va ularning vazifalari. Inshootning asosiy qismi
bo‘lgan quduq Nil daryosi bilan yer osti suv yo‘llari orqali tutashtirilgan. Ularning soni turli manbalarda turlicha ko‘rsatilgan. Masalan, rus olimi A.Muranov ularning soni ikkita desa, ingliz olimlari A.Bisvas uchta, G.Xerst esa sonini ko‘rsatmay, "suv yo‘llari" deb keltiradi. Yer osti suv yo‘llari soni nechta bo‘lishidan qat’i nazar, Ahmad Farg‘oniy "Miqyos anNil" tizimida ulardan foydalanish natijasida suv sathini aniq o‘lchashga imkoniyat yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim amaliy muammolarni hal etgan. Ulardan birinchisi, inshootni daryo o‘zanidan ma’lum masofada qurib, uni qirg‘oqlardagi o‘pirilish, yemirilishlardan saqlab, uzoq yillar ishlashini ta’minlashdir. Chunki, har qanday daryo o‘zanida shunday jarayonlarning bo‘lishi tabiiydir. Nil daryosida ham o‘zan jarayonlari jadal kechadi. Bu holat qirg‘oq chizig‘ining o‘zgaruvchanligida, qayiqlar suzib yurishi mumkin bo‘lgan chuqurliklarning o‘zgarib turishida, mavjud suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishida kuzatiladi. Inshootning shu kungacha saqlanib qolishi (nafaqat saqlanishi, balki asrimiz o‘rtalarigacha faoliyat ko‘rsatishi), allomaning bu sohadagi, ya’ni uni daryoda jadal sur’atlarda kechadigan o‘zan jarayonlaridan asrash bilan bog‘liq bo‘lgan hisobkitoblarining naqadar to‘g‘ri ekanligining yorqin dalilidir. Suv yo‘llari yordamida alloma tomonidan hal etilgan ikkinchi va shu bilan birga, eng asosiy muammo daryodagi suv sathini o‘lchashda katta aniqlikka erishishdir. Ma’lumki, daryoda harakatlanayotgan suvning sathi (N o ) tinch (statik) holatdagi suv sathi (N) dan ma’lum qiymat ( N) ga farq qiladi, ya’ni: N o = N + N. Ifodadagi N suvning oqish tezligi - V 0 ga bog‘liq bo‘lib, quyidagi tenglik bilan aniqlanadi: N = g V 2 2 0 . Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryoda suvning oqish tezligi qancha katta bo‘lsa, N ning qiymati ham shuncha kattalashadi. Bunga 31 harakatlanayotgan suvga tayoqchani tik holatda tushirib, ishonch hosil qilish mumkin: tezlik qancha katta bo‘lsa, tayoqchaga urilayotgan suv shuncha balandga ko‘tariladi. Gidrodinamikaning mana shu qonunini e’tiborga olmaslik, suv o‘lchash inshootida suv sathini o‘lchash jarayonida ma’lum xatoliklarga olib keladi. Mazkur xatoliklar quyidagilarda o‘z aksini topadi. Agar yer osti suv yo‘li inshoot tomon daryodagi oqim yo‘nalishiga parallel holda yuqoridan keltirilsa, undagi suv sathi sun’iy ravishda ko‘tarilgan, quyi tomonidan keltirilganda esa, aksincha, pasaygan bo‘lar edi. Shu holatlarni e’tiborga olsak, inshoot qudug‘ini daryo bilan tutashtiruvchi uchta suv yo‘lining bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Gidrodinamika qonunlariga amal qilinadigan bo‘lsa, ularning birinchisi, daryo oqimi yo‘nalishida, qolganlari esa birinchisiga tik (perpendikulyar) holatda ikki yondan keltirilishi kerak. Shu shart bajarilganda, oqim yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan yer osti suv yo‘lidagi gidrodinamik bosim (P 1 ) qolgan ikkinchi (P 2 ) va uchinchi (P 3 ) suv yo‘llaridagi gidrodinamik bosimlar yig‘indisi bilan muvozanatlashadi, ya’ni: P 1 = P 2 + P 3 tengligi bajariladi. Natijada, quduqdagi suv yuzasi tekis va gorizontal holatda bo‘lib, daryodagi suv sathining haqiqiy qiymati hisobga olinadi. Inshoot tizimidagi yer osti suv yo‘llaridan foydalanishning yana bir afzalligi bor. Bilamizki, har qanday suv havzasi ko‘llar, dengizlarda shamol ta’sirida to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Bu holat Nil kabi yirik daryolarda ham sezilarli darajada kuzatilib, suv sathini aniq o‘lchashga imkon bermaydi. Demak, inshootda bu muammo ham yer osti suv yo‘llari yordamida o‘z echimini topgan, boshqacha qilib aytganda, daryodagi suv sathini aniq o‘lchashda shamol va boshqa omillar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirga butunlay barham berilgan. Inshoot tizimidagi quduqqa yer osti suv yo‘llarining qanday (gorizontal, inshoot yoki, aksincha, daryo tomon nishab) holatda keltirilishi ham qurilmaning ishlash muddatini belgilashda muhimdir. Ahmad Farg‘oniy masalaning shu tomonini ham hisobga olgan bo‘lishi aniq. Gidrodinamika, aniqrog‘i, daryo suvida mavjud bo‘lgan loyqa oqiziqlarning cho‘kish qonunlarini hisobga oladigan bo‘lsak, yer osti suv yo‘llari quduqdan daryo tomon ma’lum nishablikda o‘tkazilishi lozim. Faqat shundagina yer osti suv yo‘llari va quduqni loyqa oqiziqlar cho‘kmalari bilan to‘lib qolishdan saqlashga erishiladi. Yer osti suv yo‘llarining daryo tomon pasayib boruvchi nishablikda qurilganligi quyidagilarda o‘z isbotini topadi. 32 Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqaligi bilan ajralib turgan. To‘g‘ri, hozirgi kunda uni "Zangori Nil" deb atashadi. Buning sababini Nil daryosi havzasida oxirgi 100 yillikda qurilgan 10 dan ortiq yirik to‘g‘onlar ta’siri bilan tushuntirish mumkin. Masalan, XX asrning 60yillari boshida qurilgan birgina Baland Asvon to‘g‘oni 130 mlrd.kub metr suvni sig‘dira oladi. Daryodagi loyqa oqiziqlarning asosiy qismi ana shu suv omborlarida cho‘kib qoladi. Natijada, daryoning quyi oqimida tiniq suv oqadi. Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar Nil daryosining har 1 m 3 suvida o‘rtacha 1,5 kg loyqa oqiziqlar mavjud bo‘lgan. Alloma inshootni loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan. Agar shu holatlar hisobga olinmaganda edi, inshootda daryo suvidagi loyqa oqiziqlarning cho‘kib qolishi tabiiy holdir. Masalan, 1 yilda 1 mm qalinlikda cho‘kma hosil bo‘lsa, 1100 yil davomida uning qiymati 1 metr dan ortiq qalinlikka yetib, inshoot tizimidagi quduq va yer osti suv yo‘llari cho‘kmalar bilan to‘lib qolgan va natijada, inshoot ishga yaroqsiz holga kelgan bo‘lar edi. Lekin, "Miqyos anNil" dan ming yillar davomida foydalanish davrida bunday salbiy hodisalar umuman qayd etilmagan va shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan. Demak, Ahmad Farg‘oniy inshoot tizimida quduq, uni daryo bilan tutashtiruvchi yer osti suv yo‘llari, o‘lchov ustuni hamda uning santimetr aniqlikdagi bo‘laklaridan foydalanish natijasida Nil daryosi suvi sathini katta aniqlikda o‘lchashga erishgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling