Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Nil daryosi haqida. Ma’lumki, Nil dunyodagi eng uzun daryo bo‘lib,
uning uzunligi -6671 km, suv to‘plash maydoni esa -2 mln. 870 ming km 2 ga teng. Daryoning bosh irmog‘i - Kagera daryosi Virunga tog‘lari (alXorazmiyda Oy tog‘lari) dan boshlanadi va Viktoriya ko‘liga kelib quyiladi. Daryo mazkur ko‘ldan ViktoriyaNil nomi bilan oqib chiqadi. So‘ng daryoga navbati bilan chapdan Baxr alG‘azal, Baxr alArab, o‘ngdan esa Asva, Sobat, Zangori Nil, Atbara kabi o‘nlab irmoqlar kelib quyiladi. Keyingi 3000 km li masofada, ya’ni Nil daryosi O‘rta dengizga quyilguncha unga bironta ham irmoq kelib qo‘shilmaydi. Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar Nilning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 2600 m 3 /s ga teng bo‘lgan. To‘linsuv davrida undagi suv miqdori 15000 m 3 /s gacha ortib, kam suvli davrlarda esa 400500 m 3 /s gacha kamaygan. Suv sarfining Asvon shahri yaqinida shu oraliqda o‘zgarishi suv sathining 67 metr balandlikda o‘zgarishiga olib kelgan. Qohira yaqinida esa, nishablikning va shunga bog‘liq holda tezlikning kamayishi hisobiga, Nil daryosi suvi sathining o‘zgarish amplitudasi 810 metrga teng bo‘lgan. Daryoda ayni jazirama yozda (iyul-avgustdan) suv ko‘paya boshlaydi, qirg‘oqlardan toshib, o‘zani kengaya boradi. To‘linsuv davrining cho‘qqisi sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi, shu vaqtda suv sathi yuqorida qayd etilganidek 810 m balandlikkacha ko‘tariladi. Natijada, suv daryo vodiysidagi qayirlarni to‘ldirib, Nil go‘yoki uzun ko‘lga aylanadi. Bunday holat bir necha hafta davom etadi. So‘ng daryo suvi qayirlarda unumdor tuproqni qoldirib, sekinasta o‘zaniga qaytadi. Qadimdan misrlik dehqonlar – fallohlar shu oylarni intizorlik bilan kutganlar. Vaqtni boy bermasdan, har bir daqiqani g‘animat bilib, suvdan xalos bo‘lgan nam tuproqqa urug‘lik don tashlaganlar. Tez fursatda Nil vohasi yamyashil maysalar bilan qoplangan. Daryoning loyqa oqiziqlari bilan har yili boyitilib turilgan tuproq yaxshi hosil bergan. Bu holatni yunon ma’rifatparvari Axill Tatiy (milodning 23asrlari) quyidagicha tasvirlaydi: "...misrliklar uchun Nil hamma narsa ham daryo, ham dengiz, ham botqoqlik. Bunda tengi yo‘q manzaraning guvohi bo‘lasiz. Bir vaqtda, bir yerning o‘zida qayiq va so‘qa (yerni yumshatish asbobi)ni, eshkak va omochni, qayiqni boshqaruv vositasi va o‘roqni, dengizchilar va dehqonlar qarorgohini, baliq va chorva mollarini ko‘rasiz. Kecha qayiqda suzgan joyingizda bugun don sepasiz... Misrliklar Nilda suv ko‘tarilishini kutib, kunlar sanaydi, Nil aldamaydi... suv ko‘tariladi". Juda qadimdan bu ishlar har yili takrorlangan, aniqrog‘i, vohadagi insonlarning hayotmamoti Nil suviga bog‘liq bo‘lgan. Ahmad Farg‘oniy mana shu holatlarning barchasini to‘la tasavvur etgan va Nil daryosida suv sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan inshoot qurilishiga sidqidildan va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling