Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


– korizlar yordamida yer osti suvlaridan ham foydalanilgan.  1.6.2. O‘rta Osiyo uyg‘onish davrida suv ilmi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   200
Bog'liq
pdf

– korizlar yordamida yer osti suvlaridan ham foydalanilgan. 
1.6.2. O‘rta Osiyo uyg‘onish davrida suv ilmi 
Tarixga oid ilmiy manbalarda qayd etilishicha, IX asrdan XIII asr 
boshlarigacha bo‘lgan oraliq O‘rta Osiyo xalqlari hayotida o‘ziga xos 
uyg‘onish davri bo‘lgan. Shu davrda yashagan buyuk allomalar - 
Muhammad al­Xorazmiy (783­850-yillar), Ahmad al-Farg‘oniy (797­861-
yillar), Ahmad ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy 
(973­1048-yillar), Nosir Xisrav (XI asrning birinchi yarmi), Mahmud 
Qoshg‘ariy (XI asrning ikkinchi yarmi), Abulqosim az­Zamaxshariy 
(1074­1144-yillar), Muhammad Najib Bakron (XII asrning ikkinchi yarmi 
­ XIII asr boshlari) kabilar nafaqat matematika, geologiya, geografiya, 
astronomiya, tilshunoslik singari fanlar, balki suv ilmi – gidrologiya, 
jumladan, daryolar gidrologiyasi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shganlar. 
O‘rta asrning buyuk olimi Muhammad ibn Muso al­Xorzmiy 


21 
(783­850-yillar) o‘zi boshchiligida tuzilgan "Ma’mun dunyo xaritasi" 
(prof.H.H.Hasanov iborasi bilan "Dunyo atlasi")ga izoh sifatida "Kitobu 
surat al­arz" ni bitadi (arz ­ yer, surat ­ ko‘rinish, qiyofa). Unda shaharlar, 
tog‘lar bilan bir qatorda, dengizlar, daryolar haqida ham ko‘plab 
ma’lumotlar keltiriladi. Yuqoridagilardan tashqari, kitobda "G‘arbiy tashqi 
dengiz" (Atlantika okeani), "Qulzum dengizi" (Qizil dengiz), "Yashil 
dengiz" (Hind okeani), "Chashma (buloq) nomlari" kabi sarlavhali 
gidrografik bayonnomalar ham bor. Yuqorida tilga olingan "Atlas"da esa 
Nil daryosi havzasining (1.1­rasm), dengizlar qirg‘oqlari turli shakllarining 
chizmalari, Azov va Qora dengiz xaritalari berilgan. 
1.1-rasm. Nil daryosi havzasi al-Xorazmiy tasavvurida.
Bu xarita al-Xorazmiy rahbarligida tayyorlangan bo‘lib,
“Ma’mun dunyo atlasi”ga kiritilgan 


22 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling