Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari
- 1974-yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligi
ilmiy-nazariy tahlil usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Bu usulni qo‘llash
daryolarda amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida to‘plangan gidrologik ma’lumotlar va boshqa turdagi ilmiy axborotlarni tahlil qilib, ulardan tegishli amaliy xulosalar chiqarishga asoslangan. Masalan, daryo oqimini hisoblash va prognozlash usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish ilmiy-nazariy tahlil usulini qo‘llash asosida amalga oshiriladi. 1.5. Shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari Daryolar gidrologiyasi alohida fan sifatida o‘tgan XX asrning o‘rtalarida shakllandi. Lekin gidrologiyaning alohida va eng muhim tarmog‘i sifatida uning ayrim bo‘limlari juda qadimiy tarixga ega. Taniqli gidrolog olim O.A.Spenglerning yozishicha, gidrologiya, aniqrog‘I, daryolar gidrologiyasi haqidagi ilk ma’lumotlar 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq misrliklar Nil daryosida oddiy gidrologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular hozirgi Asvon to‘g‘onidan 400 km yuqorida tog‘ qoyalarida Nil daryosi suvi sathining o‘zgarishini belgilaganlar, daryoda bo‘ladigan har yilgi toshqinlarning qaysi vaqtlarda kuzatilganligini qayd etib borganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin o‘z davriga xos bo‘lgan "gidrologik" kuzatish joylari (postlar) tashkil etilgan. Qadimgi misrliklarni yuqoridagi ishlarni bajarishga hayot talabi majbur qilgan, Chunki hosil taqdiri daryodagi suvning oz yoki ko‘pligiga 16 bog‘liq bo‘lgan. Bu davrlarda insoniyat daryolardan ichimlik va sug‘orishga olinadigan suv hamda kemalarda harakatlanish manbai sifatida foydalangan. Shu maqsadda odamlar daryolarda suv sathini kuzatishning oddiy usullarini qo‘llaganlar, ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganishga, ularning sabablarini bilishga harakat qilganlar. Demak, daryolar gidrologiyasi o‘sha davrlardayoq inson ehtiyojini qondirishga xizmat qiladigan hayotiy fanlardan biri sifatida shakllana boshlagan. Alohida ta’kidlash lozimki, daryolar gidrologiyasi qadimgi Misrda Nil daryosida amalga oshirilgan kuzatishlardan boshlanib, toki alohida fan sifatida e’tirof etilishiga qadar bir necha ming yillik rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Qadimgi yunon madaniyati rivojlangan yangi eradan oldingi VI-III asrlarda daryolardan suv oladigan ancha yirik irrigatsiya tarmoqlari qurilgan, shaharlar maxsus quvurlar orqali suv bilan ta’minlangan. Tabiatshunos - faylasuflar Fales Miletskiy, Anaksimandr, ulardan keyin Demokrit, Platon va boshqalar tabiatda suvning aylanishi sirlarini bilishga, daryolarning kelib chiqishini tushuntirib berishga uringanlar. Lekin ular bayon etgan fikrlarning ayrimlari haqiqatdan ancha yiroq bo‘lgan. Bu borada eng to‘g‘ri fikrlarni Aristotel (yangi eradan oldin 384-322 y.) bayon etgan. Uning fikricha, quruqlikka suv okeanlardan ko‘tarilgan suv bug‘laridan tushadi, yer osti suvlari esa atmosfera yog‘inlarining yer sirtidagi tuproq-gruntlarga sizib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu dunyoqarash keyinchalik rimlik muhandis Mark Vitruviy Pollio (yangi eradan oldingi I asr) tomonidan ilk bor ilgari surilgan yer osti suvlarining infiltratsion nazariyasiga asos bo‘lgan. Ayrim obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog‘liq holda uzoq muddat davom etgan turg‘unlik davridan so‘ng boshlangan YYevropa uyg‘onish davrida olimlar yana yer sirtida namlikning aylanishi masalasiga qaytdilar. Aristotelning qarashlari XV asr oxiri - XVI asr boshlarida italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519) asarlarida rivojlantirildi. Lekin atmosfera yog‘inlari bilan daryo oqimi, yer osti suvlari va bug‘lanish orasidagi miqdoriy munosabatlar masalasi ochiq qoldi. Shu tufayli XV-XVI asrlarda olimlarni yer osti suvlarining kelib chiqishi masalasi ham qiziqtirdi. Fransuz olimi Bernar Palissi (1510-1590), o‘z kuzatishlariga asoslangan holda, 1580-yilda yer osti suvlari, ulardan shakllanadigan buloqlar yomg‘ir, qor suvlaridan to‘yinadi, degan xulosaga keldi. Shu davrlarda daryolarda suv transporti va gidrotexnik inshootlar qurish ishlarining rivojlanishi bilan ularni gidrografik nuqtai nazardan o‘rganish, daryolarda suv sathini kuzatish ishlari miqyosi yanada kengaydi. Daryolar gidrologiyasining rivojlanish tarixida XVII asrning ikkinchi 17 yarmida fransuz olimlari Pyer Perro (1608-1680) va Edm Mariott (1620- 1684) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular Parij yaqinidan oqib o‘tadigan Sena daryosi oqimini uning havzasiga tushadigan yog‘in miqdori bilan solishtirdilar va yog‘inning ma’lum bir qismigina daryo oqimini tashkil etishini isbotlab berdilar. Natijada, ular suv balansi tenglamasining asosiy tashkil etuvchilari orasidagi munosabatni aniqladilar va "daryolar yer osti suvlaridan yoki qandaydir manbalardan hosil bo‘ladi" degan chalkash fikrlarga barham berdilar. Ana shu davrda ingliz astronom olimi Edmund Galley (1656-1742) tajriba asosida O‘rta dengiz yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini aniqladi. Ayni paytda olim mazkur dengizga quyiladigan yirik daryolar keltirib quyadigan suv miqdorini ham aniqlagan. Bu bilan u Yer sharida suvning aylanish sxemasini tuzishga yakun yasadi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tajriba jarayonidagi o‘lchov ishlarida va hisoblashlarida kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, ular olgan natijalar ilmiy gidrologiyaning, jumladan, daryolar gidrologiyasining kelgusi rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro tashkilot - YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan, madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi) taklifi bilan 1974-yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligi nishonlanishi yuqoridagi fikrlar dalilidir. Bu sananing boshlanishi sifatida P.Perroning "Suv manbalarining kelib chiqishi haqida" nomli kitobi bosilib chiqqan sana – Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling