Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Ahmad (X asr), alMuqaddasiy (X asr) larning yozib qoldirgan
ma’lumotlar ham muhim hisoblanadi. Masalan, alMuqaddasiyning 985-yilda yozib tugallangan "Iqlimlarni o‘rganishda eng yaxshi qo‘llanma" asarida Turkmanistonning Murg‘ob daryosidagi to‘g‘on yaqinida suv sathini o‘lchash maqsadida yog‘och taxtadan yasalgan qurilma tilga olinadi. Shu inshootdagi suv o‘lchagich uskuna aniq bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, har bir bo‘lakning qiymati 38 hozirgi o‘lchov birligida 2,02,5 sm ga yaqin bo‘lgan. Agar daryodagi suv sathi to‘linsuv davrida 60 bo‘lakkacha ko‘tarilsa, hosil yaxshi bo‘lishi, boryo‘g‘i 6 bo‘lakka ko‘tarilganda esa, aksincha, suv kam bo‘lib, hosildorlik ham past bo‘lishi kutilgan. Demak, X asrdayoq o‘lkamiz hududida bo‘lajak hosilni bashorat qilish maqsadida daryolarda maxsus suv o‘lchash ishlari bajarilgan. Shuningdek, arab sayyoh olimi ibn Fadlon Ahmad kundaliklarida Amudaryoning qishki harorat rejimi haqida ilk ma’lumotlarni yozib qoldirgan. U 921-922-yillarda arab xalifasi Muhadir elchilari bilan Xorazm va Buxoroda bo‘ladi. Shu joylarning xalqlari, urf-odatlari, iqlimi bilan bir qatorda daryolari haqida ham quyidagicha yozadi: “Jayxun (Amudaryo) daryosi boshidan oxirigacha muzladi. Muz qalinligi karvonga xuddi yo‘l kabi daryo ustidan o‘tishga imkon berdi. Muz qattiq bo‘lib, darz ketmadi, uch oy shu holatda qoldi”. Ko‘rinib turibdiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat Amudaryoning, balki boshqa daryolarning ham o‘sha davrlardagi harorat rejimi haqida aniq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, XXI asrlarda yashagan olimlar suv ilmi gidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon Beruniy (9731048-yillar) ning ushbu fanning shakllanish va rivojlanish jarayoniga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O‘tgan avlodlar yodgorligi", "Hindiston", "Attafqim", "Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", "Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, buloqlar haqida, “Gidrologiya” fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan. Ma’lumki, gidrologiya o‘rganiladigan suv obyektlarining turi va o‘rniga ko‘ra ikki qismga okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi. Beruniy asarlaridagi gidrologik ma’lumotlarni ham shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh ma’lumotlarda - okeanlar, dengizlar, ko‘rfazlar haqidagi fikrlar bayon qilinsa, ikkinchi guruhda esa allomaning quruqlik suvlari daryolar, soylar, buloqlar, ko‘llar, qorliklar, muzliklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi ilmiy qarashlari yoritilgan. Masalan, Beruniyning "Hindiston" asarining 58bobi okeanlar, dengizlar, ulardagi suv qalqishi hodisalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asarning 18bobida esa Hindiston daryolari, mamlakatni o‘rab turgan dengizlar, ko‘rfazlar, qo‘ltiqlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu asarning 25bobida esa daryolar haqidagi bilimlar yanada chuqurlashtirilib, ularning boshlanish qismi, u yerlardagi gidrologik shartsharoitlar, oqim rejimi, to‘yinish manbalari, daryolar o‘zanida kechadigan gidrodinamik jarayonlar va ularning oqibatlari batafsil bayon etilgan. 39 Yuqoridagilarning isboti sifatida Beruniy asarlaridan ayrim parchalar keltiramiz. Masalan, "Hindiston" asarida u quyidagicha yozadi:"... Tog‘ etaklarida va sharqirama daryolar yonida toshlar kattaroq, tog‘lardan uzoqdagi (joylarda) va daryo (oqimi tezligi) susayishi bilan toshlar kichikroq, daryolar sekin oqadigan va (ularning) ko‘llar to‘qaylar hamda dengizga quyilish joyiga kelganda qumlar uchraydi". Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan bu xulosa gidrologiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan zamonaviy gidrodinamika fanining bizga ma’lum bo‘lgan qonunlariga to‘la mos keladi. Aniqroq qilib aytganda, shu fanga tegishli bo‘lgan hozirgi kundagi adabiyotlarda Beruniyning qariyb ming yil ilgari aytgan fikrlarining takrorini uchratamiz. Masalan, XX asrning o‘rtalarida taniqli gidrolog - olim N.I.Makkaveyev quyidagicha yozadi: "... водные потоки производят сортировки наносов по их уделному весу и крупности по всей длине реки". Beruniyning "Hindiston" asarida "Okeanologiya"ga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan: "Odamzod yashaydigan yerning g‘arbida bir dengiz borkim, Muhit deyilur, yunonlar uni O‘qiyonus deydilar". Asarda Muhit dengizi (Atlantika okeani)ning janubiy, o‘rta va shimoliy qismlari qirg‘oqlarida yashaydigan xalqlar, davlatlar, qo‘ltiqlar haqida batafsil axborot berilgan. Masalan, Beruniy shunday yozadi: "Uning qirg‘og‘i janubda eng uzoq chegaradan boshlanib, Sudon mamlakatiga ro‘baru bo‘lgan joyda Uzg‘ist, Chekka Sus, Tanja, keyin Andalus, alJaloliqo, Saqlab (Slavyan) chegaralarini kesib o‘tadi... Shimolroqda saqlablar oldida, ushbu dengizdan katta bir qo‘ltiq ajralib, Bulg‘or yerlariga yaqinlashib keladi. Ular bu qo‘ltiqni Varang (Boltiq) dengizi deb biladilar...". Shunga o‘xshash batafsil ma’lumotlar Tinch ("Sharqiy dengiz" yoki "Sharqiy muhit") va Hind ("Ulug‘ dengiz") okeanlari haqida ham keltirilgan. Dengizlar Bo‘ntus (Qora dengiz), Shom (O‘rta dengiz), Xazar (Kaspiy) dengizi, Xorazm (Orol) dengizi, Issiqko‘l, ularga quyiladigan daryolar (Etil Volga, Nil, Jayhun, Yaksart va boshqalar) gidrografik nuqtai nazardan ancha to‘la ta’riflangan. Beruniy o‘z asarlarida, ayniqsa, Qizil dengizdan Nil etagiga ariq (kanal) qazish tarixiga, Amudaryo va Qoraqum tarixiga oid juda ko‘p qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, "Geodeziya" asarida Ptolemey (Batlimus)ning "Geografiya"si yozilgan davrdan o‘z davrigacha Amudaryo tarixiga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqaradi. Ma’lum bo‘lishicha, Amudaryo shu davr ichida (I asrdan XI asrgacha) uch marta o‘z o‘zanini o‘zgartirgan. Dastlab, ya’ni Ptolemey davrida Amudaryo Jurjon (Xazar, Kaspiy) dengiziga, so‘ng shimolga burilib, Orol dengiziga, Beruniy davrida esa yana janubga 40 burilib, Sariqamish (Qiz) dengiziga quyilgan. Beruniy asarlarida Yer kurrasida suv eroziyasi bilan bog‘liq holda kechadigan eroziyaakkumlyatsiya jarayonlari, ularning oqibatlari ham yoritilgan: "... dengiz va quruqlik doim birbiri bilan muhorabada bo‘ladi, ya’ni dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanib turadi...". Asarda bu jarayonlarga yorqin misollar keltiriladi. Umuman, Beruniyning okeanlar, dengizlar ilmiga qo‘shgan hissasi juda kattadir va u keyinchalik yevropalik olimlar ta’biri bilan Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling