Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
XVI - XIX asrlardagi manbalarda keltirilgan
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Said Muhammad Tohir
- Munis Xorazmiy
1.6.7. XVI - XIX asrlardagi manbalarda keltirilgan
suv ilmiga oid ma’lumotlar XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab suv ilmiga tegishli ma’lumotlar Sulton Balxiy, Mahmud ibn Vali, Said Muhammad Tohir va Xorazmni 16441664-yillarda idora qilgan Abdulg‘oziyxon nomlari bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, Said Muhammad Tohirning 16451650-yillarda yozilgan "Ajoyib attaboqat" asari ma’lumotlarining aniqligi bilan ajralib turadi: "Parak (Chirchiq) daryosi Toshkentning chekkasidan oqib turadi va (shaharning butun) suvi shu daryodandir... Ko‘hak (Zarafshon) tog‘lardan chiqib, So‘g‘d va Samarqand va Miyonko‘l va Buxoro viloyatidan o‘tadi va Qorako‘l (yoni) da tamom bo‘ladi... uzunligi 120 farsahdir. Jayxun... Xorazm tarafga oqadi... uzunligi 500 farsahdir va eni Kolif yonida (suv ko‘payganda) uch ming kom bo‘ladi". Ma’lumki, 500 farsah taxminan 3000 km ga yaqin. Hozirgi aniq o‘lchovga ko‘ra, Amudaryoning uzunligi 2620 km dir. Abdulg‘oziyxon esa "Shajarai turk va mo‘g‘ul" (1663 yil) asarida etnografik ma’lumotlarni daryolar va boshqa suv manbalari bilan bog‘liq holda beradi: "Qipchoq Tan (Don daryosi) va Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) suvlarning orasida o‘lturdilar" yoki "Qiniqli Issiqko‘l va Chu va Talosh... suvlarning yoqalarida... o‘lturdilar". Bu asarda keltirilgan Amudaryo o‘zanining o‘zgargan vaqti, uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham “Daryolar gidrologiyasi” fani uchun qimmatlidir. XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida suv ilmiga oid ma’lumotlar Munis Xorazmiy (Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad mirob, 17781829), Ogahiy (Erniyozbek o‘g‘li Muhammad Rizo mirob, 18091872) va Ahmad Donish (18271897) asarlarida uchraydi. Masalan, Munis Xorazmiy 1816-yilda A.BekovichCherkesskiy rahbarlik qilgan rus ekspeditsiyasining faoliyati, Amudaryoning shoxobchalari, kanallar haqida batafsil axborot bergan. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi Davqara (Tavqara) ko‘lini quyidagicha ta’riflagan: "Tavqara ulug‘ tengiz edi. Davrasining kengligi taxminan 30 farsah bo‘la olg‘ay. Ko‘ko‘zakning 49 ko‘proq suvi anga oqar edi... Ul tengizning suvi tuganib (17901804- yillarda), ekin ekadigan yer bo‘ldi". Yoki Orol dengiziga quyidagicha ta’rif beradi: "Ani bahirai Xorazm atarlar... uning davrasini 100 farsah bitibdurlar, alxol 200 farsahdan ko‘proq derlar... Orolning suvi bag‘oyat sho‘rdir. Muncha chuchuk suvlik daryolar anga oqmoq bila ta’miga xargiz tafovut etmas. Hatto daryo quyg‘on mavzeidan bir qadam ilgariroq suv ichib bo‘lmas". Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling