Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   200
Bog'liq
pdf

 
Ahmad Donishning esa Buxoro vohasini sug‘orish maqsadida 
Amudaryodan suv keltirish rejalari ham fanimiz tarixi uchun muhimdir. 
Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan sal avval, 
1848­1849-yillarda A.I.Butakov rahbarligidagi ekspeditsiya Orol 
dengizining to‘la s’yomkasini bajardi. Natijada, 1850-yilda, dengizning 
xaritasi bosilib chiqdi. O‘sha yillari olib borilgan gidrografik ishlar 
natijasida Orol va Kaspiy dengizlari suv sathi farqi 85 metr ekanligi, 
Sariqamish botig‘ining tubi Orol sathidan 85 metr pastdaligi ham 
aniqlandi. 1900­1902-yillarda L.S.Berg tomonidan mashhur "Orol dengizi" 
kitobi yozildi, so‘ng Balxash ko‘lining, keyinroq esa Issiqko‘lning to‘la 
gidrografik bayonlari tuzildi.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning Sirdaryo, Amudaryo va ular 
havzalaridagi Chirchiq, Qoradaryo, Zarafshon kabi daryolarida muntazam 
gidrologik kuzatishlar 1910-yildan amalga oshirila boshladi. 
 
1.6.8. Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasiga
oid tadqiqotlar 
O‘zbekistonda XX asrning 1 choragida, dunyo amaliyotida birinchi 
marta, gidrologik prognozlar xizmati tarkib topa boshladi. Bunda 
E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. 
O‘tgan asrning birinchi yarmida L.N.Korjenevskiy daryolarni va ular 
to‘yinadigan muzliklarni, L.A.Molchanov esa ko‘llarni o‘rgandilar.
Respublikamizda 
1950-1970-yillarda 
V.L.Shuls 

O.P.Shcheglovaning tog‘li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi 
shakllandi. Unda yetishib chiqqan olimlar - A.A.Zohidov, Yu.M.Denisov, 
M.I.Getker, L.I.Shalatova, Yu.N.Ivanov, V.E.Chub, I.R.Alimuhamedov, 
G.E.Glazirin, A.R.Rasulov va boshqalar O‘rta Osiyoni gidrologik 
tamoyillar asosida rayonlashtirdilar va o‘lkada daryolar oqimi hosil 
bo‘lishining tog‘li hududlarga xos bo‘lgan asosiy qonuniyatlarini ochib 
berdilar. Shu yillarda olib borilgan gidrologik tadqiqotlar hududda yirik 
miqyosdagi suv xo‘jaligi loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu 
sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.L.Shuls, A.M.Muhamedov, 


50 
O.P.Shcheglova, A.Z.Zohidov Yu.M.Denisov, U.U.Umarov, A.R.Rasulov va 
N.R.Hamroyev kabi olimlar xizmatini alohida ta’kidlash joizdir. 
Respublikada daryolar gidrologiyasi fanining 1980 va undan keyingi 
yillardagi 
yutuqlari 
Yu.M.Denisov, 
F.E.Rubinova, 
G.E.Glazirin, 
M.I.Getker, V.G.Konovalov, A.S.Shetinnikov, A.R.Rasulov, V.E.Chub, 
E.M.Vidineyeva, G.N.Trofimov, A.A.Kreyter, M.A.Nosirov, A.Akbarov, 
Z.S.Sirliboyeva, F.Hikmatov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan 
bog‘liqdir. Bu davrga kelib, mamlakatimizda daryolar gidrologiyasi bilan 
bir qatorda, gidrologiyaning glyasiologiya, ko‘lshunoslik, muhandislik 
gidrologiyasi (gidrologik hisoblashlar va prognozlar), gidrologik 
jarayonlarni matematik modellashtirish, sel toshqinlari, suv eroziyasi va 
daryo oqiziqlari, sug‘oriladigan hududlar gidrologiyasi, suv havzalari 
gidrokimyosi, suv resurslarini muhofaza qilish kabi qator yo‘nalishlar to‘la 
shakllandi. Mazkur yo‘nalishlarning ilmiy yutuqlari nafaqat sobiq Ittifoq
balki dunyo miqyosida e’tirof etildi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling