Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200
Bog'liq
pdf

Nazorat savollari 
1. Gidrol, digidrol va trigidrollarning farqi nimada? 
2. Toza suv elektr tokini o‘tkazadimi? 
3. Tabiiy suvlarda vodorod ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi? 
4. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy ionlarni eslang. 
5. Quruqlikdagi suvlar Dunyo okeani suvidan qaysi anionlarning 
ko‘pligi bilan farq qiladi? 
6. Yer sayyorasida kechadigan tabiiy­geografik jarayonlarda suvning 
ishtiroki qanday ahamiyat kasb etadi? 
7. Suvning inson hayotidagi ahamiyatini misollar bilan isbotlang 
8. Qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazishda suvning 
ahamiyati qanday? 
9. Daryo suvi va uning tabiiy jarayonlar hamda inson hayotidagi 
ahamiyatiga tavsif bering. 
10. Daryo suvining qanday tabiiy xususiyatlari mavjud? 
11. Daryo suvining kimyoviy tarkibi va xossalariga izoh bering. 
12. Daryolarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. 


57 
III BOB. Tabiatda suvning aylanishi va unda daryolarning o‘rni 
3.1. Yer sharida quruqlik va suvning taqsimlanishi 
Yer sirtining okeanlar va dengizlar bilan qoplangan yuzasi umumiy 
nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig‘i 
bo‘lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir.
Gidrosfera, yuqorida aytilgandek, Dunyo okeanidan tashqari, 
quruqlikdagi suvlar, jumladan, daryolar, ko‘llar, muzliklar, batqoqliklar, 
atmosferadagi suv bug‘lari, tuproqdagi namlik, shuningdek, yer osti 
suvlaridan tashkil topgan. 
Yer sirtining umumiy maydoni 510 mln. km
2
bo‘lsa, shundan 361 
mln. km
2
i yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan. Quruqlik yuzasi esa -
149 mln.km
2
yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki 
suv havzalarining yig‘indi maydoni uning umumiy maydoniga nisbatan 3 
foizdan kamroqni, muzliklar esa taxminan 10 foizni tashkil etadi. 
Yer sharida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan. 
Quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo‘lib, uning yuzasi umumiy 
maydonga nisbatan 39 foizni tashkil etadi. Janubiy yarim sharda esa quruqlik 
bor-yo‘g‘i uning 19 foizini egallagan. Quruqlik va suvning kengliklar 
bo‘yicha bunday taqsimlanishi atmosferaning umumiy sirkulyasiyasiga va 
suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Gidrosferaning turli qismlarida suv turlicha miqdorda taqsimlangan. 
Bu masalani yoritishda M.I.Lvovich rahbarligidagi olimlar, aniqrog‘i, 
K.P.Voskresenskiy tomonidan bajarilgan hisoblashlar natijalarini keltirib 
o‘tish o‘rinlidir. Ularning aniqlashicha, Yer sharidagi suvning umumiy 
hajmi 1 mlrd 386 mln.km
3
dan ortiq. Shundan 1 mlrd 338 mln.km
3
qismi, 
ya’ni 96,5 foizi Dunyo okeanida, 23,4 mln.km

i - Yer po‘stida, 24 
mln.km
3
dan ortiqroq qismi muzliklar va doimiy qor qoplamida, 176,4 
ming km

hajmdagi suv esa ko‘llardadir (3.1­jadval). 
Alohida qayd etish lozimki, daryolar o‘zanida ayni bir vaqtda mavjud 
bo‘lgan suv miqdori atigi 2,1 ming km
3
ni tashkil etadi. Shuningdek
Yerdagi suvning umumiy hajmi ham kelajakda yanada aniqlashtirishni 
talab etadi, Chunki sayyoramizdagi yer osti suvlarining miqdori ham hali 
aniq baholangan emas. 
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rnib turibdiki, Yer sharidagi 
chuchuk suvlarning umumiy zaxirasi 35 mln. km
3
deb baholanadi. Bu 
miqdor Yerdagi umumiy suv hajmining 2,53 foizini tashkil etadi. Lekin 
uning asosiy qismi, ya’ni 68 foizdan ko‘prog‘i Antarktida, Grenlandiya va 
Arktika orollaridagi muzliklarda, 30,1 foizi esa yer osti suvlaridan iboratdir 


58 
3.1­jadval 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling