Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Okean va dengiz suvayirg‘ichlari -


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200
Bog'liq
pdf

Okean va dengiz suvayirg‘ichlari - suvni okeanlar va dengizlar 
havzalari bo‘yicha taqsimlaydi; 
Daryo suvayirg‘ichlari ­ daryolar suv to‘playdigan havzalarni 
bir­biridan ajralib turishini ta’minlaydi. 
Tog‘li hududlarda suvayirg‘ichlar tog‘ cho‘qqilarining eng baland 
nuqtalaridan o‘tadi va u yaqqol ko‘rinadi. Tekislik hududlarda esa, buning 
aksicha, suvayirg‘ich chizig‘ini o‘tkazish ancha murakkabdir. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryolar yer usti va yer osti suvlari 
hisobiga to‘yinadi. Shunga mos ravishda yer osti va yer usti 
suvayirg‘ichlari bo‘ladi. Ular ayrim hollarda bir­biri bilan mos kelmaydi, 
ya’ni bir tiklikda yotmaydi. 
Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va suvayirg‘ich chiziqlari 
bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi
Daryo sistemasi suv yig‘adigan maydon esa suv to‘plash maydoni 
deyiladi. 
Ko‘pchilik hollarda daryo havzasi va suv to‘plash maydoni mos 
tushadi. Lekin, ayrim hollarda suv to‘plash maydoni daryo havzasi 
maydonidan kichik bo‘ladi. Masalan, Ob bilan Irtish, Irtish bilan Ishim 
daryolari orasidagi kichik daryolar bosh daryolarga yetib bormaydi. 
Natijada, ular suv to‘playdigan maydon bosh daryoga suv bermaydi. 
Shu kabi holatlarni Amudaryo va Sirdaryo misolida ham keltirish 
mumkin. Masalan, mazkur daryolar havzasidagi ko‘pchilik soylar suvi 
bosh daryolargacha yetib bormaydi. Shuningdek, Amudaryo havzasida 


76 
joylashgan Qorako‘l, Sho‘rko‘l kabi ko‘llar tog‘lardagi botiqlarda 
joylashgan. Ularning havzalari kichik o‘lchamlardagi o‘ziga xos ichki 
oqimli berk hududlar hisoblanadi. Chunki, mazkur ko‘llarga quyiladigan 
daryolar va soylar suvi shu ko‘llar yuzasidan bug‘lanishga sarflanadi. Xari-
taga e’tibor bilan qaralsa, bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling