75
taqsimlaydi:
1. TinchHind okeanlari yo‘nalishida.
2. AtlantikaShimoliy Muz okeanlari yo‘nalishida.
Jahon suvayirg‘ich chizig‘i Janubiy
Amerikadagi Gorn burnidan
boshlanib, And, Kordilera tog‘laridan Bering bo‘g‘oziga, undan Chukotka
tizmalari, Anadir yassi tog‘lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy,
Markaziy
Osiyo tog‘liklari, Tyanshan, Pomir, Kopettog‘, Arabiston yarim orolining
shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadi.
Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda Hind okeani
qirog‘oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy xaritasiga qarang).
Jahon
suvayirg‘ich
chizig‘idan
tashqari
nisbatan
kichik
o‘lchamlardagi quyidagi suvayirg‘ichlar mavjud.
Ichki suvayirg‘ichlar - materiklarga yoqqan yog‘inlardan
hosil
bo‘lgan suvni okeanga tutash (chekka hudud) va berk (ichki oqimli)
havzalar
bo‘yicha
taqsimlaydi.
OrolKaspiy
berk
havzasini
chegaralaydigan suvayirg‘ich chizig‘i ichki suvayirg‘ichlarga misol
bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: