Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo havzasining tuproq va o‘simlik qoplami


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   200
Bog'liq
pdf

Daryo havzasining tuproq va o‘simlik qoplami. Havzada hosil 
bo‘lgan suvning shimilish jadalligi, daryoga tushadigan oqiziqlar miqdori 
va ularning yiriklik darajasi daryo havzasining tuproq qoplami bilan 
bog‘liqdir. 
O‘simlik qoplami esa havzadan bo‘ladigan bug‘lanish miqdoriga 
ta’sir qiladi. O‘simlik turiga bog‘liq tarzda ayrim hollarda (qamish, 
bordon) bug‘lanishni jadallashtirishi, ayrim hollarda (o‘rmonlar) esa 
kamaytirishi mumkin. O‘simlik qoplami daryo havzasida yer sirtidan 
bo‘ladigan yuvilish miqdorini keskin kamaytiradi. 
 
Daryo havzasining gidrografiyasi. Daryo havzasidagi ko‘llar, 
botqoqliklar, muzliklar va o‘rmonlar uning oqimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu ta’sirni o‘rganish uchun havzaning ko‘llanganlik
)
(
к
К
, botqoqlanganlik 
)
(
в
K
va 
muzlik 
)
(
m
K
hamda o‘rmon
)
(
o
K

bilan 
qoplanganlik 
koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Ushbu koeffitsiyentlarning qiymatlari 
mos ravishda quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:
.
F
f
,
F
f
,
F
f
,
F
f
o
m
m
в
к






o
в
к
K
K
K
К
Yuqoridagi ifodalarda 
o
m
в
к
f
,
f
,
f
,
f

- mos ravishda, umumiy 
maydon 
)
(ning botqoqlik, ko‘llar va o‘rmonlar egallagan yuzalaridir. 
Ma’lumki, daryo havzasida ko‘llarning mavjudligi oqimni yil 
davomida bir tekis taqsimlanishiga ta’sir etadi. Botqoqliklar, o‘rmonlar esa 
daryo oqimiga yanada kuchliroq va murakkabroq ta’sir ko‘rsatadi. 
Daryo havzasida inson tomonidan amalga oshiriladigan turli tadbirlar 
havzaning tabiiy geografik sharoitiga va bu holat, o‘z navbatida, uning 
gidrologik rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Insonning xo‘jalik faoliyati 
daryo havzasida ma’lum maydonlarni shudgorlash, o‘rmonzorlar barpo 
etish yoki ularni yo‘q qilish, selxonalar va suv omborlarini qurish, suvning 
ma’lum qismini sug‘orishga olish, oqava suvlarni daryoga tashlash 
kabilarni qamrab oladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling