Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning ta’siri
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botqoqliklar
4.6. Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning ta’siri
Daryo havzasida mavjud bo‘lgan ko‘llar, botqoqliklar ma’lum darajada oqimni boshqarib, uning yil ichida nisbatan tekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Havzadagi ko‘llar ta’sirida kam suvli davrda daryoda oqim nisbatan ko‘p bo‘lib, to‘linsuv davrida esa oqim ko‘lsiz daryolarga nisbatan kam bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, daryo oqimi ko‘llar ta’sirida tabiiy ravishda boshqariladi. Ikkinchi tomondan ko‘llar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish hisobiga umumiy oqim miqdori kamayadi. Oqimning kamayishi miqdori, birinchidan, ko‘llarning suv yuzasi maydoniga, so‘ngra esa shu hududda suv yuzasidan va quruqlikdan bo‘ladigan bug‘lanish farqiga bog‘liqdir. Suv yuzasi maydoni va bug‘lanishlar farqi qancha katta bo‘lsa, bug‘la- nishga shuncha ko‘p miqdorda suv sarf bo‘ladi va binobain daryo oqimi miqdori ham shuncha kamayadi. Ortiqcha va yetarli darajada namlikka ega bo‘lgan hududlarda yuqorida aytilganlar u darajada sezilmasligi mumkin. Lekin quruq iqlimli mintaqalarda, jumladan, O‘rta Osiyo hududida ko‘llar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish hisobiga oqimning kamayishi nihoyatda sezilarlidir. Masalan, A.A.Sokolov hisoblariga ko‘ra mazkur hududda ko‘llar yuzasi havzaning umumiy maydoniga nisbatan 1% ni tashkil etadi. Lekin, shu yuzadan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori hududning umumiy maydonidan bo‘ladigan bug‘lanishning 7080 foizini tashkil etadi. Botqoqliklar haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni bildirish mumkin. Ularning daryo oqimiga ta’siri, ayniqsa shimoliy hududlarda sezilarlidir. Daryo havzasida muzliklarning mavjudligi oqimning yil davomida va yillararo taqsimlanishiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Masalan, O‘rta Osiyo davlatlari hududidagi muzliklar hisobiga to‘yinadigan daryolar (Zarafshon, Norin, Vaxsh) oqimining asosiy qismi iyul sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdagi issiqlik balansi esa u yildan bu yilga kam o‘zgaradi, binobarin, oqim miqdori ham yildanyilga kam o‘zgaradi. Masalan, O‘rta Osiyoda g‘oyat kam suvli hisoblangan 1917-yilda Zarafshon daryosining yillik oqimi miqdori me’yor (norma)ga nisbatan boryo‘g‘i 11 foiz kam bo‘lgan bo‘lsa, 71 Chirchiq daryosining yillik oqimi o‘sha yili 40 foizga kamaygan. Buning sababini Zarafshon daryosi havzasida Chirchiq daryosi havzasiga nisbatan muzliklar qoplagan maydonning kattaligi bilan izohlash mumkin. Boshqa hududlardagi, masalan, Oltoy, Kavkazdagi baland tog‘ daryolari haqida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling