Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


V BOB. Daryolar, suvayirg‘ichlar, daryo havzasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   200
Bog'liq
pdf

V BOB. Daryolar, suvayirg‘ichlar, daryo havzasi
 
5.1. Daryo sistemasi, gidrografik to‘r 
Daryolar suvi okeanlar, dengizlar yoki ko‘llarga kelib quyiladi. 
Ayrim hollarda esa turli sabablarga ko‘ra daryo suvi kamayib ketishi 
natijasida, ularga yetib bormasligi mumkin. O‘z suvini okeanlarga, 
dengizlarga va ko‘llarga quyadigan daryolar bosh daryo deyiladi. Bosh 
daryolar qanday suv havzasiga quyilishiga bog‘liq holda ikki guruhga 
bo‘linadi: 
 
1. Okean daryolari ­ bunday daryolar okean yoki okean bilan tutash 
bo‘lgan dengizlarga quyiladi. Masalan, Amazonka, Amur, Don, Dunay, 
Lena, Nil va hokazo. 
 
2. Kontinent daryolari ­ berk havzalardagi dengiz yoki ko‘llarga 
quyiladi yoki ulargacha yetib bormasligi mumkin. Masalan, Amudaryo, 
Sirdaryo, Volga, Ural va boshqalar. 
Bosh daryoga quyiladigan daryolar uning irmoqlari deyiladi. 
Irmoqlar bosh daryoga quyilishi holatiga qarab tartiblarga bo‘linadi. 
Bosh daryoga bevosita quyiladigan daryolar birinchi tartibli irmoqlar
birinchi tartibli irmoqlarga quyiladiganlari esa ikkinchi tartibli irmoqlar de-
yiladi va hokazo (5.1­rasm). 
Amerikalik gidrolog­olim Xorton daryo irmoqlarini tasniflashning 
boshqacha tizimini taklif qilgan. U taklif etgan tasnif bo‘yicha birinchi 
tartibli irmoq sifatida boshlang‘ich jilg‘a qabul qilinadi. Ana shu 
boshlang‘ich jilg‘a borib quyiladigan soy ikkinchi tartibli irmoq deb yuri-
tiladi. Demak, mazkur tasnifda bosh daryo eng oxirgi raqamli tartibga ega 
bo‘ladi. 
Bosh daryo va uning irmoqlari birgalikda qo‘shilib, daryo 
sistemasini tashkil etadi. 
Daryolar ko‘pchilik hollarda ko‘llardan, buloqlardan, bot-
qoqliklardan, muzliklardan, doimiy qorliklardan boshlanadi. Ma’lum bir 
hududdagi daryolar, ularning irmoqlari, buloqlar, ko‘llar, botqoqliklar, 
muzliklar, doimiy qorliklar shu hududning gidrografik to‘rini hosil qiladi. 
Demak, daryo sistemasi gidrografik to‘rning bir qismidir. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling