larda.
11.2. Suv sarfi egri chizig‘i grafigi
Daryolarda chuqurlik va suvning oqish tezliklarini o‘lchash ishlari
ancha murakkab va serxarajat bo‘lgani sababli, suv sarfini aniqlash har
kuni bajarilmaydi. Biroq, daryolar oqimi miqdorini aniqlash uchun har
kungi suv sarfini bilish lozim bo‘ladi. Shuning uchun maxsus o‘lchash-
larsiz, kunlik o‘rtacha suv sarfini topish maqsadida, suv sarfi bilan uning
sathi orasidagi bog‘lanish
)
(H
f
Q
ni ifodalovchi - suv sarfi egri chizig‘i
chizmasi chiziladi.
Shu chizmaning o‘zida bog‘lanish chizig‘ini aniq o‘tkazilishini
ta’minlash maqsadida suv sathining maydon va o‘rtacha tezliklar bilan
bog‘lanishini ifodalovchi
)
(H
f
,
)
(
'
H
f
rt
o
egri chiziqlari ham
chiziladi (11.1rasm). Suv sarfi egri chizig‘idan foydalanib, o‘rtacha
kundalik suv sathini bilgan holda, o‘sha kun uchun o‘rtacha suv sarfi
topiladi. Maxsus hisoblashlar natijalari asosida gidrologik yilnoma
tuziladi.
11.3. Gidrologik yilnomani tuzish
Yuqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘ldiki, gidrologik yilnomani
tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi:
1) daryodagi gidrologik postda o‘lchangan suv sarflari jadvali;
2) shu postda kuzatilgan kundalik suv sathlari jadvali.
O‘lchangan suv sarflari jadvalida keltirilgan ma’lumotlar asosida suv
sarfi egri chizig‘i grafigi chiziladi. So‘ng shu grafikdan foydalanib,
hisoblash jadvali tuziladi.
Ishning keyingi bosqichida kundalik suv sathining yillik jadvaliga
o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lgan "Kundalik suv sarflari jadvali" ning
shakli tayyorlanadi. Ushbu shakldagi jadvalda har bir kundagi o‘rtacha suv
sarfidan tashqari, o‘rtacha 10 kunlik, o‘rtacha oylik, oydagi eng katta va
eng kichik hamda yillik suv sarflari miqdorlarini qayd etish imkoniyati
mavjud bo‘lishi kerak.
119
120
Do'stlaringiz bilan baham: |