12.2. Oqim moduli
Oqim
moduli
daryo
oqimi
miqdorining
asosiy
nisbiy
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Oqim moduli (
M
) deb, daryo havzasining birlik (1
2
km
) yuzasidan
birlik vaqt (bir sekund) ichida litrlar hisobida hosil bo‘ladigan suv
miqdoriga aytiladi. Oqim moduli quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
F
Q
M
rt
o'
3
10
,
bu yerda:
rt
o
Q
'
o‘rtacha yillik suv sarfi,
sek
m /
3
larda, F havza
maydoni,
2
km
larda,
3
10
metr kubdan litrga o‘tish koeffitsiyenti. Oqim
moduli
2
/
km
sek
l
larda ifodalanadi.
Oqim modulining nisbiy ko‘rsatkich ekanligining ma’nosi shundaki,
odatda, yirik daryolar uchun aniqlangan oqim modulining qiymati nisbatan
kichik bo‘ladi. Aksincha, muzliklar va doimiy qorliklardan boshlanadigan
soylar yoki kichik daryolarning oqim moduli yirik daryolarga nisbatan bir
necha marta katta bo‘lishi mumkin. Masalan, Chirchiq daryosining
Xo‘jakent gidrologik posti ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha ko‘p
yillik oqim moduli 20,8
2
/
km
sek
l
ga teng bo‘lsa, uning 2-tartibli irmog‘i
hisoblangan Maydontol daryosining quyilishida oqim moduli 34,6
2
/
km
sek
l
ni tashkil etadi.
Alohida qayd etish lozimki, oqim modulining qiymatlaridan
daryolar oqimini xaritalashtirishda foydalanish katta qulaylik yaratadi.
Chunki, gidrologik tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, tog‘li hududlarda
oqim modulining qiymatlari balandlikka mos ravishda ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |