Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Рецензенты:
Сафаров Э.Ю. – зав. кафедрой “Геодезии и картографии” НУУз имени Мирзо Улугбека, доктор технических наук, профессор; Шахидов А.Ф. – профессор Ташкентского Автомобильно-дорожного института, доктор технических наук, профессор. The manual is prepared on the basis of a standart program of discipline "Hydrology of the rivers" intended for bachelors in direction "Hydrology (by branches)". Problems of natural water cycle, rivers’ position in the process, morphology and morphometry of the rivers, river runoff formation and regime, sources of water feeding, hydrological processes at watershed and in channel, water resources and their rational use are discribed in the manual. The manual is intended to bachelors in “Hydrology (by branches)". Besides it can be useful for students in directions "Hydrometeorology", "Hydrology of reservoirs", "Geography", as well as for teachers of special professional colleges, scientific staff and candidates who are engaged in research in hydrology . Reviewers: Safarov E.Yu – chef of the “Geodezic and kartografic” department of NUUz named by Mirzo Ulugbek, doctor of geographical sciences, professor; Shohidov A.F. - professor of Tashkent Motor-car and Road Institute, doctor of technical sciences, professor. 3 KIRISH Ma’lumki, insonning yashash tarzi, hayoti suv bilan bog‘liq. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Yer yuzidagi qadimiy manzilgohlardan tortib, toki hozirgi kundagi zamonaviy qishlog‘u yirik shaharlargacha, hammasi suv manbalari buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llarga yaqin yoki bevosita ular bo‘yida joylashgan. Shu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, suv ilmi - gidrologiya qadimiy fanlardan hisoblanadi. Boshqa fanlar kabi gidrologiya ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, yangi eraning XVII asridayoq alohida fan sifatida e’tirof etilgan. Hozirgi kunda “Gidrologiya” keng qamrovli fan bo‘lib, gidrosferani, aniqrog‘i, uning tarkibiy qismlari okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining o‘zaro va atrof tabiiy muhit bilan ta’sirlashuvi natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rganadi. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi ham gidrosfera va unda kechadigan jarayonlar qonuniyatlarini daryolar bilan bog‘liq holda o‘rganishga yo‘naltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda mualliflarning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Gidrologiya”, “Gidrometeorologiya”, “Geografiya” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi talabalariga “Daryolar gidrologiyasi” va “Umumiy gidrologiya” fanlaridan o‘qigan ma’ruzalari asos bo‘ldi. Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida undan o‘rin olgan har bir mavzu qayta ishlanib, o‘lkamiz daryolari gidrologik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradigan misollar va yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi. Shu maqsadda oxirgi yillarda qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarda chop etilgan “Daryolar gidrologiyasi”ga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar va ilmiy maqolalar ma’lumotlaridan ham foydalanildi. O‘quv qo‘llanmadagi mavzularni yoritishda barcha tabiiy suvlar okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari va boshqalar geografik landshaftning ajralmas qismi deb qaraldi. Shu bilan birga, ularning o‘zaro hamda landshaftning boshqa barcha komponentlari bilan ham doimiy aloqada ekanligi nazarda tutildi. Ushbu holatni e’tiborga olib, qo‘llanmadagi mavzular shu fanning namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda mantiqiy ketmaketlikda yoritildi. Qo`llanmaning I - bobidagi mavzularda (mualliflar: prof. Xikmatov F.X, dots. Yunusov G`.X.) daryolar gidrologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar, jumladan, fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi, bo‘linishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tadqiqot usullari, 4 suvning tabiiy hamda kimyoviy xususiyatlari va, nihoyat, tabiatda suvning aylanishi, sayyoramizning suv balansi haqidagi fikrlar bayon etilgan. Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, qo‘llanmaning asosiy qismi daryolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bu qismga tegishli mavzularda daryolar gidrologiyasiga oid asosiy tushunchalarni ta’riflashga, daryolar suv rejimi elementlarini kuzatish, o‘lchash hamda natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishga, eng muhimi, to‘plangan gidrologik ma’lumotlarning ilmiy hamda amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Qo‘llanmada, gidrologiya sohasiga oid mavjud o‘quv adabiyotlaridan farqli ravishda, fanning asosiy tadqiqot obyekti – daryolarning shakllanishi, ularni belgilovchi omillar, daryolar morfologiyasi va morfometriyasi, daryo havzasining suv balansi, daryolarning suv rejimi va suv rejimi davrlari, to‘yinish manbalari, ularni miqdoriy baholash masalalari bayon etilgan mavzular keng yoritilgan. Yuqorida qayd etilgan holatlarni hisobga olib, o‘quv qo`llanmaning 2-10 boblari prof. F.X.Xikmatov va dots. G`.X.Yunusov, 11-15 boblari prof. F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.B.Erlapasov, 16-18 boblari prof. F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.L.Dovulov, 19-22 boblari esa prof. F.X.Xikmatov va dots. F.Ya.Artikovalar hammuallifligida tayyorlangan. O`quv qo‘llanmaning umumiy tahriri prof. F.X.Xikmatov tomonidan amalga oshirilgan. Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘llanma o‘z ichiga “Daryolar gidrologiyasi”ning barcha bo‘limlarini qamrab olgan. Shu holatni e’tiborga olsak, unda keltirilgan ma’lumotlar Respublikamiz universitetlarining ”Gidrologiya”, "Gidrometeorologiya", "Geografiya" yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar bilan bir qatorda magistrantlar, suv muammolari yechimi bilan aloqador bo‘lgan ilmiy xodimlar, muhandis - gidrologlar, gidrotexniklar, gidromelioratorlar, gidrogeologlar uchun ham foydalidir. Mualliflar qo‘llanmaning rasmiy taqrizchilari – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor E.Yu.Safarovga hamda Toshkent Avtomobil yo‘llari instituti professori, texnika fanlari doktori A.F.Shohidovga, shuningdek, norasmiy taqrizchi - Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, dotsent D.V.Nazaraliyevga cheksiz minnatdorchilik izhor etadilar. Ular tomonidan qo‘llanma qo‘lyozmasi haqida o‘z vaqtida bildirgan fikr va mulohazalar, taklif hamda qimmatli maslahatlar uning mazmunini yaxshilashga imkon berdi. 5 Shu bilan birga, mualliflar o‘quv qo‘llanmani chop etishga tayyorlash jarayonida undagi chizmalar, jadval ma’lumotlarini rasmiylashtirishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Quruqlik gidrologiyasi” (hozirgi Gidrologiya va gidrogeologiya) kafedrasining o‘qituvchilari – K.R.Raxmonov, D.M.Turg‘unov hamda magistratura bosqichi talabalari – A.Shodiyev, M.Boboxonova, B.Rapikovlarga tashakkur bildiradilar. Mualliflar o‘quv qo‘llanmaning mazmunini yanada yaxshilash maqsadida bildirilgan fikr mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling