Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Gidrologik hisoblashlar va gidrologik prognozlar


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Bog'liq
pdf

Gidrologik hisoblashlar va gidrologik prognozlar (muhandislik 
gidrologiyasi) - suv obyektlarining, shu jumldan, daryolarning ham turli 
gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash va prognozlash usullarini ishlab 
chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu usullar suv havzalarining tabiiy holatini 
o‘zgartirish yoki, aniqrog‘i, ulardan foydalanish, shuningdek, daryolarda 
gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarni hal etish, suv rejimi elementlarini prognozlashda 
qo‘llaniladi. 
Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar - buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llar, 
muzliklar, yer osti suvlari geografik muhitning asosiy komponentlaridan 
hisoblanadi. Ma’lum bir hududda mavjud bo‘lgan barcha turdagi suvlar 
shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri - suv resurslarini tashkil 
etadi.
O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, sayyoramizning ko‘p 
joylarida qishloq xo‘jaligi, sanoat, aholi iste’moli uchun daryolardan 
olinadigan suv miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni paytda, ularga 
qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko‘lami ham shu 
darajaga yetdiki, daryolardagi suv hajmi va ularning sifati tabiiy holda 
tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli “Daryolar gidrologiyasi” fani 



oldida suv resurslari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli bo‘lgan 
quyidagi yangi vazifalar paydo bo‘ldi: 
1) daryolar va ular quyiladigan suv obyektlari – ko‘llar, suv 
omborlari suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza 
qilish; 
2) daryolar suv rejimining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida 
o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganish; 
3) daryolar suv resurslarini hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash, 
shuningdek, 
ichimlik 
suv 
ta’mionti, 
irrigatsiya, 
melioratsiya, 
gidroenergetika kabi maqsadlarda amalga oshiriladigan suv xo‘jaligi 
tadbirlarini iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun zarur 
bo‘lgan gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash va boshqalar. 
Shu tarzda o‘tgan XX asrning oxirgi choragida gidrologiyaning 
yangi yo‘nalishi - gidroekologiya alohida fan sifatida shakllandi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling