Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 “Daryolar gidrologiyasi” fanining predmeti


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Bog'liq
pdf

 
1.2. “Daryolar gidrologiyasi” fanining predmeti,
bo‘linishi, vazifalari 
Sayyoramizdagi okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, qor 
qoplami, botqoqliklar va yer osti suvlari Yerning suv qobig‘i - gidrosferani 
tashkil etadi. Gidrologiya, yuqorida qayd etilganidek, gidrosferada 
kechadigan jarayonlarni biosfera, atmosfera va litosferadagi hodisalar bilan 
bog‘liq holda o‘rganadi. O‘z navbatida, gidrologiya “Quruqlik 
gidrologiyasi” va “Okeanalogiya” ga bo‘linadi. 
Daryolar gidrologiyasi, ya’ni potamologiya Yer sharining quruqlik 
qismidagi suvlarni o‘rganadigan quruqlik gidrologiyasining eng muhim 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Daryolar gidrologiyasi fanining tadqiqot obyekti - yer sirtidagi oqar 
suvlar, jumladan, jilg‘alar, soylar va ularning qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladigan daryolardir.
Fanning tadqiqot predmeti esa daryolar, ularning hosil bo‘lishi, suv 
rejimi, ularda kechadigan gidrologik jarayonlar qonuniyatlarini tabiiy 
geografik sharoit va inson hayot faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdan 
iborat.
Daryolar gidrologiyasining asosiy bo‘limlari sifatida: daryolar 
gidrografiyasi, daryo oqimi haqidagi ta’limot va o‘zan jarayonlari 
haqidagi ta’limotni qayd etish mumkin. 
Ma’lumki, daryolarni o‘rganishda foydalaniladigan eng muhim 
gidrologik kattaliklar va atamalarga daryolarning suv sathi, ulardagi suv, 
loyqa oqiziqlar va erigan moddalar oqimi miqdori, suvning oqish tezligi, 



muzlash hodisalari, o‘zan jarayonlari va boshqalar kiradi. Mana shu 
kattaliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi nafaqat har bir daryo, balki birgina 
daryoning ayrim qismlari uchun ham o‘ziga xos bo‘lib, uning gidrologik 
rejimini ifodalaydi. 
Daryolar gidrologik rejimining shakllanishiga ta’sir etadigan asosiy 
tabiiy omillar orasida iqlim muhim ahamiyat kasb etadit. Shu o‘rinda 
iqlimshunos olim A.I.Voeykovning: “Daryolar - iqlimning mahsulidir”, 
(1884-yil) degan fikrini eslatib o‘tish o‘rinlidir.
Daryolarning suv rejimiga, iqlimdan tashqari, ular suv to‘playdigan 
havzaning geologik tuzilishi, tuproq va o‘simlik qoplami, relyefi, o‘zan 
tarmoqlari, ularning shakli va boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham daryolarni o‘rganishda o‘zanda harakatlanayotgan suv 
oqimining holati bilan bir qatorda, uning havzasida kechadigan 
gidrometeorologik hodisalar va jarayonlarni ham tadqiq etish lozim. 
Ularga atmosfera yog‘inlari, ularning turlari, yer sirtiga tushish jadalligi, 
bir qismining tuproqqa shimilishi, bug‘lanishi, qolgan qismidangina yuza 
oqim hosil bo‘lishi va boshqa ko‘plab murakkab jarayonlar kiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, “Daryolar gidrologiyasi” fanining vazifasi daryo 
havzasida uning iqlim sharoiti va boshqa tabiiy geografik omillar ta’sirida 
shakllangan oqimning daryo o‘zaniga quyilishi, o‘zanda suvning 
harakatlanishi va daryoning gidrologik rejimi qonuniyatlarini o‘rganishdan 
iborat. Mana shu qonuniyatlarni bilish daryolar va ularning suv 
resurslaridan inson manfaatlari yo‘lida yanada samarali foydalanishga 
imkon beradi. 
Daryolar – Yer sayyorasidagidagi hayotning manbaidir. Daryolar va 
ularning suvidan, avvalo, barcha tirik jonzotlarning, shu jumladan, 
insoniyatning ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, ekin 
maydonlarini sug‘orishda, gidroenergetika, suv transporti va boshqa 
maqsadlarda foydalaniladi. Shu jihatdan qaraganda, daryolar – bebaho 
boylik manbaidir.
Lekin daryolar ayrim hollarda ularda kuzatiladigan sel oqimlari va 
toshqinlar oqibatida, insoniyatga, uning hayot tarziga o‘ta salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan juda katta ofatlar, falokatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Yuqoridagi holatlarni hisobga olsak, insoniyat daryolarni asrashi, 
tabiat in’om etgan ushbu boylikdan oqilona foydalanishi va, ayni paytda, 
ular keltirishi mumkin bo‘lgan turli xil ofat va falokatlardan o‘zini 
muhofaza qila bilishi ham zarur.
Hozirgi kunda insoniyat daryolar suv resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
foydalanish bilangina cheklanib qolmayapti. Daryolar yer sirtida notekis 
taqsimlanganligi sababli mavjud bo‘lgan muammolarni suv omborlari 


10 
qurish, daryo oqimini boshqarish va uni hududlar bo‘yicha qayta 
taqsimlash kabi tadbirlar buning yorqin misolidir. 
Bunday tadbirlar, ayniqsa, sobiq Ittifoq davrida keng tus olgan edi. 
Oqibati hisobga olinmay amalga oshirilgan ana shunday tadbirlar natijasida 
Amudaryo va Sirdaryoning gidrologik rejimi keskin o‘zgardi. Orol va 
Orolbo‘yi ekologik inqirozi yuza keldi. Bunday misollarni dunyo 
miqyosida ham ko‘plab keltirish mumkin.
Kelajakda insonning daryolarda kechadigan gidrologik jarayonlarga 
ta’siri yanada kuchayib borishi aniq. Shu masalalar bilan bog‘liq holda, 
inson xo‘jalik faoliyatining daryolar gidrologik rejimiga, ularning suv va 
loyqa oqiziqlari oqimi miqdoriga, daryolar suvining tabiiy, kimyoviy va 
biologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish “Daryolar gidrologiyasi” 
fanining hozirgi kundagi muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, daryolar suv resurslarining uzoq va o‘ta uzoq muddatli 
prognozlash usullarining nazariy asoslarini yanada takomillashtirish ham 
muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday prognozlar daryolar suv 
resurslarining kelajakda tabiiy (iqlim o‘zgarishi, asrlar davomida va 
asrlararo siklli tebranish) hamda antropogen omillar ta’sirida mumkin 
bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olishga asoslanmog‘i lozim. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling