Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Ahmad Farg‘oniy nilometri va uning olamshumul ahamiyati


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200
Bog'liq
pdf

1.6.3. Ahmad Farg‘oniy nilometri va uning olamshumul ahamiyati  
 
 
Buyuk astronom, muhandis va tadqiqotchi 
al­Farg‘oniy nomi butun ma’rifiy dunyoda 
mashhurdir. 
Ko‘pgina 
asrlar 
mobaynida 
dengizchi 
va 
karvonboshilar 
foydalangan, 
yulduzlarning harakatini o‘lchaydigan asbob - 
usturlobni al­Farg‘oniy kashf qilgan. 
Misrdagi Nil daryosi sathini aniq belgilab 
beradigan, bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan 
ulkan inshoot - nilometrni o‘sha zot barpo etgan. 
Biz ana shunday buyuk ajdodlarimiz nomini 
faxr bilan tilga olish huquqiga egamiz. 
Islom Karimov 
 
Ahmad al­Farg‘oniy (Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir 
al-Farg‘oniy, 797­861-yillar) astronomiya, geodeziya kabi fanlar bilan bir 
qatorda, suv ilmining ham bilimdoni bo‘lgan. Insoniyatni 12 asr davomida 
hayratga solib kelayotgan Nil daryosi suvi sathini o‘lchash inshooti – 
Nilometr fikrimizning yorqin dalilidir. Bu haqda H.H.Hasanov shunday 
yozadi: "...Farg‘oniy Bog‘dod xalifasi al­Mutavakkilning buyrug‘i bilan 
Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan asbobni tuzatish va o‘rnatish uchun 
861-yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Ushbu qayd etilganlar haqida 
mulohaza yuritadigan bo‘lsak, Ahmad al-Farg‘oniy Nil daryosining 
gidrologik rejimi va umuman, suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega 
bo‘lgan bo‘lishi kerak. Aks holda, oldingilardan tubdan farq qiladigan, 
murakkab va shu bilan birga, o‘ta mukammal suv o‘lchash inshooti ­ 
Nilometrni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo‘lar edi. 
Sharq ilmiy manbalarida u “Miqyos an­Nil” deb tilga olinadi. 
Ahmad Farg‘oniy chuqur egallagan suv ilmini hamda uning mahsuli 
bo‘lgan "Miqyos an­Nil" ta’rifini boshlashdan oldin quyidagilarni alohida 
ta’kidlash lozim. "Miqyos an­Nil" nafaqat suv sathini o‘lchash inshooti
balki noyob me’moriy yodgorlik ham hisoblanadi. Shuni nazarda tutadigan 
bo‘lsak, inshootning qurilishi va me’morchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarni, jumladan, uni loyihalashdan tortib, qurilish ishlarigacha qay 
yo‘sinda amalga oshirilganligi, qanday qurilish materiallaridan 
foydalanilganligi hamda ularning yechimini topishga oid muhandislik 
hisob­kitoblari 
kabi 
masalalarni 
yoritib 
berishni 
shu 
soha 
mutaxassislarining vazifasi deb hisoblaymiz. Shu tufayli asosiy e’tiborni 
inshootning Nil daryosi suvi sathini o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan 


23 
jihatlarinigina yoritishga qaratamiz. 
Dunyodagi eng yirik daryolardan biri ­ Nil daryosida "Miqyos 
an­Nil" kabi noyob suv o‘lchash inshootini qurish uning ijodkori oldiga 
suv ilmi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha talablarni qo‘ygan bo‘lishi tabiiy. 
Shulardan eng asosiysi inshoot qurilishi mo‘ljallangan daryo, ya’ni Nil 
daryosi haqida o‘sha davrgacha to‘plangan ilk gidrologik ma’lumotlarni 
chuqur tahlil qila bilish bo‘lsa, ikkinchisi ­ ulardan inshootni loyihalash va 
qurish ishlarini amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan tegishli amaliy 
xulosalarni chiqara olishdan iborat bo‘lgan. Bu ishlarni bajarish esa, o‘z 
navbatida, suv ilmi va uning amaliy tatbiqini chuqur egallagan 
kishilargagina nasib etadi. 
Shu ma’noda fikr­mulohaza yuritadigan bo‘lsak, Ahmad Farg‘oniy 
"Miqyos an­Nil" ni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy­amaliy faoliyati 
davrida, shubhasiz, quyidagi manbalardan bahramand bo‘lgan: 
1) Turonzaminda qadimdan to o‘zi yashagan davrgacha to‘plangan 
suv ilmi hamda uning amaliy tatbiqi haqidagi ma’lumotlar; 
2) 
Nil 
daryosi, 
uning 
gidrologik 
rejimi 
haqida 
Ahmad 
Farg‘oniygacha va u yashagan davrda to‘plangan ma’lumotlar; 
3) Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosi suvi rejimiga oid bevosita o‘zi 
to‘plagan ma’lumotlar. 
Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosi haqida ma’lumotlar to‘plashi, 
yuqorida eslatib o‘tilganidek, al-Xorazmiy (783­850-yillar) boshchiligida 
836-yilda tuzilgan "Ma’mun dunyo xaritasi" da keltirilgan "Nil daryosi 
havzasi xaritasi" dan boshlangan bo‘lsa ajab emas. Hatto, ko‘pchilik 
tadqiqotchilar fikricha, uning yaratilishida Ahmad Farg‘oniyning o‘zi ham 
bevosita ishtirok etgan. 
Umuman olganda, Ahmad Farg‘oniy "Miqyos an­Nil" ning 
loyihasini tayyorlash hamda uni qurish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish 
davrida Nil daryosi haqida o‘zigacha to‘plangan birlamchi gidrologik 
ma’lumotlarni tahlil qilgan va ulardan ish jaryonida foydalangan bo‘lishi 
aniq. Shu bilan birga, uchinchi manba ham alloma nazaridan chetda 
qolmagan, ya’ni uning o‘zi ham Nil daryosida maxsus kuzatuv - o‘lchov 
ishlarini bajargan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Zero, "Miqyos an­Nil"dek 
suv sathini juda aniq o‘lchashga imkon beradigan qurilmani bunyod etish 
daryolarda suv o‘lchash ishlarini puxta bilishni taqozo etadi. Ahmad 
Farg‘oniyning ana shunday imkoniyatlarga ega bo‘lganligi quyidagi 
dalillarda o‘z isbotini topadi. 
Ahmad Farg‘oniy boshchiligida qurilgan inshootning asosiy vazifasi 
Nil daryosi suvi sathini o‘lchashdan iborat bo‘lgan. Shu tufayli uning 
gidrologik ta’rifi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish joizdir. 


24 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling