Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Nilometrni qurish uchun joy tanlash


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   200
Bog'liq
pdf

Nilometrni qurish uchun joy tanlash. Ahmad Farg‘oniy "Miqyos 
an­Nil" ni qurish uchun Nil daryosi o‘zanidagi Ravzo orolining (Qohira 
shahri yaqinida) janubiy chekkasini tanlagan. Bu joy nafaqat o‘sha davr, 
hatto hozirgi kun talablaridan kelib chiqib tahlil qilinadigan bo‘lsa ham, 
suv o‘lchash ishlarini amalga oshirish uchun nihoyatda qulay ekanligiga 
amin bo‘lamiz. 
“Gidrometriya” fanidan ma’lumki, daryolarda suv o‘lchash postini 
qurish uchun joy tanlashda bir qancha holatlarni hisobga olish lozim. 
Ushbu fanga oid darsliklarda bayon qilinishicha, suv o‘lchash ishlarini 
bajarish uchun tanlangan joy quyidagi talablarga javob berishi shart: 
1) daryoning butun uzunligi bo‘yicha suv rejimi elementlarining shu 
daryoga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi; 
2) daryo o‘zani to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘lishi; 
3) shu joyda daryo uzunligi bo‘yicha suv yuzasi nishabligi sezilarli 
darajada o‘zgarmasligi; 
4) tanlangan joyda daryo uzunligi bo‘yicha chuqurlikning keskin 
o‘zgarmasligi; 
5) daryoning qirg‘og‘i va o‘zani mumkin qadar barqaror, ya’ni 
o‘pirilish, qulash, loyqa bosish, yemirilish kabi holatlardan xoli bo‘lishi; 
6) daryo o‘zani suv o‘tlari, qum, shag‘al va tosh uyumlari hamda 
boshqa to‘siqlardan holi bo‘lishi; 
7) daryoning shu qismi irmoqsiz bo‘lishi; 
8) eng asosiysi, tanlangan joyda suv o‘lchash va kuzatish ishlarini 
katta aniqlikda amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. 
Qayd etilganlarga quyidagilar ham qo‘shimcha sifatida tavsiya 
etiladi. 
Suv o‘lchash ishlarini amalga oshirish maqsadida joy tanlashdan 
oldin daryoning ko‘zda tutilgan qismi (oralig‘i) bilan yirik masshtabli 
xaritalar, ilmiy­adabiy manbalar hamda arxiv ma’lumotlari orqali ham 
tanishib chiqiladi. Keyingi izlanish va tadqiqotlar bevosita daryoning suv 
o‘lchash posti quriladigan joyida o‘tkaziladi. Bunda daryoning inshoot 
quriladigan qismini ko‘rib chiqish va chamalash, daryo uzunligi bo‘yicha 
bir nechta xarakterli ko‘ndalang qirqimlarda chuqurliklarni o‘lchash, daryo 
nishabligi va suvning oqish tezligini aniqlash kabi ishlar bajariladi. 
Bulardan tashqari, daryoning to‘linsuv davridagi eng yuqori suv sathi
qirg‘oqlaridagi o‘zgarish hamda kamsuvli davrdagi eng quyi suv sathi 
holatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. 
Mana shu talablarning bajarilishi suv o‘lchash qurilmasining uzoq 
yillar uzluksiz ishlashiga imkon beradi. "Miqyos an­Nil"ni qurish uchun 


26 
tanlangan joy ana shu talablarning hammasiga javob bergan. Shu tufayli, vaqt 
sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, unda XX asrning o‘rtalarigacha, ya’ni oxirgi 
ta’mirlash amalga oshirilgan 45­50­yillargacha, qariyb 1100 yil davomida, 
uzluksiz kuzatishlar olib borilgan. 
Afsuski, hozirgi kunda Nilga nisbatan bir necha marta kichik bo‘lgan 
daryolar, hatto soylarda qurilgan suv o‘lchash inshootlari birgina toshqinga 
ham bardosh bera olmay, tez fursatda ishga yaroqsiz holga kelib qoladi. 
Ahmad Farg‘oniy qurgan "Miqyos an­Nil" ish faoliyatining davomiyligi 
bo‘yicha dunyoda yagona suv o‘lchash qurilmasi hisoblanadi. Biz ko‘rib 
chiqqan, shu sohaga tegishli bo‘lgan maxsus adabiyotlarda "Miqyos 
an­Nil"dek uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan suv o‘lchash qurilmasi 
qayd etilmagan. 
Umuman olganda, yuqorida bildirilgan fikr­mulohazalarning 
barchasi Ahmad Farg‘oniyning "Miqyos an­Nil"ni qurish uchun joy 
tanlash bo‘yicha hisob­kitoblarining naqadar to‘g‘ri ekanligidan dalolat 
beradi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling