Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Nilometr tizimidagi quduq va o‘lchov ustuni


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   200
Bog'liq
pdf

Nilometr tizimidagi quduq va o‘lchov ustuni. Daryolarda suv 
o‘lchash inshootlarini qurishdan oldin ulardagi suv sathi tebranishlarini, 
ya’ni suv sathining mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘tarilishi hamda eng 
quyi pasayishlarini aniq hisobga olish zarur. Bu esa, o‘z navbatida, 
o‘rganilayotgan daryoda suv sathining yil davomida fasllar bo‘yicha (bahor 
yoki yozda suv ko‘payishi, kuz va qishda kamayishi) hamda yillararo (kam 
suvli, ko‘p suvli yillar) o‘zgarishi haqida tegishli ma’lumotlarga ega 
bo‘lishni talab etadi. Agar bunga amal qilinmasa, to‘linsuv yoki toshqin 
davrida daryoda suv ko‘payib, suv sathi o‘lchov ustunidagi yuqori chegara 
(belgi) dan ko‘tarilganda ham, aksincha, kamsuvli davrda suv keskin 
kamayib, uning sathi ustundagi quyi chegaradan pastga tushib ketganda 
ham o‘lchov ustunidan hisob olish imkoniyati yo‘qoladi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, baland Asvon to‘g‘oni qurilguncha, 
Nil daryosida suv sarfining yil davomida fasllar bo‘yicha o‘zgarib turishi 
natijasida, uning Qohira yaqinidagi suv sathi qariyib 8­10 metr 
balandlikdagi oraliqda o‘zgarib turgan. Boshqacha aytganda, daryoda suv 
ko‘paygan mavsumdagi eng baland suv sathi bilan suv kamaygan davrdagi 
suv sathlari orasidagi farq, ya’ni suv sathi o‘zgarishlari amplitudasi shu 
qiymatga teng bo‘lgan. 
Qariyb 1150-yil muqaddam qurilgan "Miqyos an­Nil" tizimidagi 
quduq hamda shu quduq ichiga tik holatda o‘rnatilgan o‘lchov ustuni Nil 
daryosi suv sathi tebranishlarini sig‘dira oladigan o‘lchamlarda qurilgan. 
Aniqrog’i, quduq Nil daryosidagi suv sathi o‘zgarishlari amplitudasini 
qanoatlantiradigan darajadagi chuqurlikda (kamida 10 metr) qazilgan, 


29 
uning o‘rtasiga o‘rnatilgan ustunning balandligi ham shu qiymatdan kichik 
bo‘lmagan. 
O‘z­o‘zidan ko‘rinib turibdiki, "Miqyos an­Nil" ning o‘lchov 
ustunidagi belgilar (katta va kichik darajotlar) Nil daryosining Qohira 
shahri yaqinida kuzatilishi mumkin bo‘lgan suv sathining eng katta 
qiymatidan yuqorida ham, eng kichik qiymatidan pastda ham bo‘lgan. Shu 
tufayli bo‘lsa kerak, Nil daryosida suv sathini qayd etib boruvchilar 
(kuzatuvchilar) inshoot yordamida u ishga tushgan 861-yildan to 1946-
yilgacha bo‘lgan (qariyb 1100 yillik) oraliqda daryodagi barcha eng katta 
va eng kichik suv sathlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. 
Yuqorida inshootga berilgan tavsifda "Miqyos an­Nil" tizimidagi 
quduq kvadrat shaklida bo‘lganligi va quduq o‘rtasida oq marmar bilan 
qoplangan sakkiz qirrali ustun o‘rnatilganligi qayd etilgan edi. 
Dastlab, o‘lchov ustunining oq marmar bilan qoplanganligi xususida 
fikr yuritaylik. Bu holatni allomaning 10 metrdan ortiq chuqurlikka ega 
bo‘lgan quduq ichini yoritishda tabiiy yorug‘likdan unumli foydalanishga 
bo‘lgan intilishi bilan tushuntirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘lchov 
ustunining oq marmar bilan qoplanishi Ahmad Farg‘oniyning yorug‘lik 
fizikasi - optikadan ham chuqur bilimga ega bo‘lganidan dalolat beradi. 
Alloma bundan tashqari, marmarning namlikka o‘ta chidamliligini va 
asrlar davomida yemirilmasdan saqlanishini ham hisobga olgan bo‘lishi 
kerak. 
Ustun nima uchun sakkiz qirrali bo‘lgan? Birinchidan, sakkiz qirra 
qadimdan barkamollik ramzi hisoblanadi. Ikkinchi sababini esa, yuqorida 
inshoot tavsifida keltirilgan "kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun 
aylanma shaklida qurilgan maxsus zinapoyalardan foydalangan" degan 
jumlalarni eslash bilan tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, ustundagi 
o‘lchov belgilari uning faqat bir tomonida bo‘lsin. U holda quduqqa 
aylanma shaklida qurilgan zinapoyalardan tushib, hisob oladigan 
kuzatuvchi o‘z vazifasini to‘la bajara olmas edi. Bu salbiy holatga faqat 
silindr shaklidagi ustunda yoki qurilish ishlarini amalga oshirishda unga 
nisbatan 
birmuncha 
qulayroq 
bo‘lgan sakkiz qirrali ustundan 
foydalanilganda to‘la barham beriladi. Bundan ko‘rinadiki, o‘lchov 
belgilari (arab tirsak birligi va qirotlarda) ustun aylanasi bo‘yicha yoki 
ustunning zinapoyadan ko‘tarilayotgan va tushayotgan kuzatuvchining 
harakati yo‘nalishlariga mos tomonlarigagina qo‘yilgan. 
Yuqoridagilarga xulosa sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 
1) alloma «Nilometr»ni loyihalash va qurishdan oldin Nil 
daryosidagi suv sathi o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni, aniqrog‘i, 
ularning tebranish amplitudasini ham hisobga olgan; 


30 
2) Nil daryosining gidrologik rejimi haqida, ayniqsa, uning asosiy 
elementi hisoblangan suv sathining yil ichida va yillararo o‘zgarishi 
bo‘yicha to‘la ma’lumotga ega bo‘lgan;
3) alloma quduq ichini yoritishda tabiiy yorug‘likdan samarali 
foydalanishga, natijada esa, kuzatuvchining o‘lchov ustunidan aniq hisob 
olishi uchun qulay imkoniyat yaratgan.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling