Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


-rasm. a. Koriz-sug’orishda yer osti suvlaridan foydalanishga


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200
Bog'liq
pdf

1.6-rasm. a. Koriz-sug’orishda yer osti suvlaridan foydalanishga 
imkon beradi (A,Muhammadjanov).
1 - quduq, 2 - yer osti suvi yo‘li, yer osti suvlarining harakat yunalishi
1.6-rasm. b. Akveduk 
Kanal yuoki ariqlar jarliklar, botqoqliklarga to‘g’ri kelib qolganda 
suv ko‘prik sifatida qurilgan maxsus novlardan o‘tkazib yuboriladi.
U akveduk (suvko‘prik) deuiladi. 


46 
Yuqoridagi kabi suv inshootlarining qurilishi va ulardan amalda 
ustalik bilan foydalana bilish olimlarimizning o‘sha davrdayoq gidrostatika 
va gidrodinamika qonunlaridan hamda tog‘ daryolari gidrologiyasidan 
xabardor bo‘lganliklarining yorqin dalilidir. 
 
Afsuski, yuqorida tilga olingan va umuman shu davrda mavjud 
bo‘lgan suv inshootlarining aksariyat qismi XIII asrning birinchi choragida 
mo‘g‘ul iste’lochilari tomonidan vayron qilingan. Bu bosqin xalq 
hayotining barcha jabhalariga, jumladan, ilm­fan va madaniyat rivojiga 
o‘zining o‘ta salbiy ta’sirini ko‘rsatgan. Shu tufayli bo‘lsa kerak, 
mo‘g‘ullar hukmronligi davrini yorituvchi manbalarda suv ilmiga oid va 
uning rivojida arzigulik iz qoldiradigan ma’lumotlarni uchratmadik. 
1.6.6. Temuriylar davri suv ilmi 
Buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar hukmronligi 
davrida, ya’ni XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab, aniq fanlar - 
matematika, geometriya va ayniqsa, astronomiya jadal rivojlanganligi 
hammaga ma’lum. Shu davrda yashagan olimlarning ko‘pchiligi suv 
ilmiga ham katta e’tibor berganlar. Masalan, Xofizi Abru (1362­1431-
yillar, asli ismi Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh al­Havofiy) "Zubdat 
at­tavorix" (Tarixlar qaymog‘i) asarida, dastlab, olamning umumiy 
bayonini, yetti iqlim qismlarini, so‘ng okeanlar, dengizlar, ko‘llar va 
daryolarni ta’riflagan. Asarda o‘lkamizdagi deyarli barcha daryolarning 
gidrografik ta’rifi ancha mukammal berilgan. Masalan, asarda Amudaryo 
haqida quyidagilarni o‘qiymiz: "Balx daryosiki, uni Jayxun deydilar... Bu 
suvning manbai Badaxshon tomonda... Xutlon va Vaxsh chegarasida 5 ta 
katta daryo unga qo‘shiladiki, shu mavzeni Panjob deb ataydilar... Bu 
daryo Xorazm ko‘li (Orol) ga oqadi". 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling