Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 XVI - XIX asrlardagi manbalarda keltirilgan


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200
Bog'liq
pdf

1.6.7. XVI - XIX asrlardagi manbalarda keltirilgan
suv ilmiga oid ma’lumotlar 
XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab suv ilmiga tegishli 
ma’lumotlar Sulton Balxiy, Mahmud ibn Vali, Said Muhammad Tohir va 
Xorazmni 1644­1664-yillarda idora qilgan Abdulg‘oziyxon nomlari bilan 
bog‘liqdir. Ayniqsa, Said Muhammad Tohirning 1645­1650-yillarda 
yozilgan "Ajoyib at­taboqat" asari ma’lumotlarining aniqligi bilan ajralib 
turadi: "Parak (Chirchiq) daryosi Toshkentning chekkasidan oqib turadi va 
(shaharning butun) suvi shu daryodandir... Ko‘hak (Zarafshon) tog‘lardan 
chiqib, So‘g‘d va Samarqand va Miyonko‘l va Buxoro viloyatidan o‘tadi 
va Qorako‘l (yoni) da tamom bo‘ladi... uzunligi 120 farsahdir. Jayxun... 
Xorazm tarafga oqadi... uzunligi 500 farsahdir va eni Kolif yonida (suv 
ko‘payganda) uch ming kom bo‘ladi". Ma’lumki, 500 farsah taxminan 
3000 km ga yaqin. Hozirgi aniq o‘lchovga ko‘ra, Amudaryoning uzunligi 
2620 km dir.
 
Abdulg‘oziyxon esa "Shajarai turk va mo‘g‘ul" (1663 yil) asarida 
etnografik ma’lumotlarni daryolar va boshqa suv manbalari bilan bog‘liq 
holda beradi: "Qipchoq Tan (Don daryosi) va Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) 
suvlarning orasida o‘lturdilar" yoki "Qiniqli Issiqko‘l va Chu va Talosh... 
suvlarning yoqalarida... o‘lturdilar". Bu asarda keltirilgan Amudaryo 
o‘zanining o‘zgargan vaqti, uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham 
“Daryolar gidrologiyasi” fani uchun qimmatlidir. 
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida suv ilmiga oid 
ma’lumotlar Munis Xorazmiy (Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad mirob, 
1778­1829), Ogahiy (Erniyozbek o‘g‘li Muhammad Rizo mirob
1809­1872) va Ahmad Donish (1827­1897) asarlarida uchraydi. Masalan, 
Munis Xorazmiy 1816-yilda A.Bekovich­Cherkesskiy rahbarlik qilgan rus 
ekspeditsiyasining faoliyati, Amudaryoning shoxobchalari, kanallar haqida 
batafsil axborot bergan. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi Davqara 
(Tavqara) ko‘lini quyidagicha ta’riflagan: "Tavqara ulug‘ tengiz edi. 
Davrasining kengligi taxminan 30 farsah bo‘la olg‘ay. Ko‘ko‘zakning 


49 
ko‘proq suvi anga oqar edi... Ul tengizning suvi tuganib (1790­1804-
yillarda), ekin ekadigan yer bo‘ldi". Yoki Orol dengiziga quyidagicha ta’rif 
beradi: "Ani bahirai Xorazm atarlar... uning davrasini 100 farsah 
bitibdurlar, alxol 200 farsahdan ko‘proq derlar... Orolning suvi bag‘oyat 
sho‘rdir. Muncha chuchuk suvlik daryolar anga oqmoq bila ta’miga xargiz 
tafovut etmas. Hatto daryo quyg‘on mavzeidan bir qadam ilgariroq suv 
ichib bo‘lmas". 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling