Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Donishning esa Buxoro vohasini sug‘orish maqsadida Amudaryodan suv keltirish rejalari ham fanimiz tarixi uchun muhimdir. Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan sal avval, 18481849-yillarda A.I.Butakov rahbarligidagi ekspeditsiya Orol dengizining to‘la s’yomkasini bajardi. Natijada, 1850-yilda, dengizning xaritasi bosilib chiqdi. O‘sha yillari olib borilgan gidrografik ishlar natijasida Orol va Kaspiy dengizlari suv sathi farqi 85 metr ekanligi, Sariqamish botig‘ining tubi Orol sathidan 85 metr pastdaligi ham aniqlandi. 19001902-yillarda L.S.Berg tomonidan mashhur "Orol dengizi" kitobi yozildi, so‘ng Balxash ko‘lining, keyinroq esa Issiqko‘lning to‘la gidrografik bayonlari tuzildi. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning Sirdaryo, Amudaryo va ular havzalaridagi Chirchiq, Qoradaryo, Zarafshon kabi daryolarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910-yildan amalga oshirila boshladi. 1.6.8. Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasiga oid tadqiqotlar O‘zbekistonda XX asrning 1 choragida, dunyo amaliyotida birinchi marta, gidrologik prognozlar xizmati tarkib topa boshladi. Bunda E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. O‘tgan asrning birinchi yarmida L.N.Korjenevskiy daryolarni va ular to‘yinadigan muzliklarni, L.A.Molchanov esa ko‘llarni o‘rgandilar. Respublikamizda 1950-1970-yillarda V.L.Shuls - O.P.Shcheglovaning tog‘li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi shakllandi. Unda yetishib chiqqan olimlar - A.A.Zohidov, Yu.M.Denisov, M.I.Getker, L.I.Shalatova, Yu.N.Ivanov, V.E.Chub, I.R.Alimuhamedov, G.E.Glazirin, A.R.Rasulov va boshqalar O‘rta Osiyoni gidrologik tamoyillar asosida rayonlashtirdilar va o‘lkada daryolar oqimi hosil bo‘lishining tog‘li hududlarga xos bo‘lgan asosiy qonuniyatlarini ochib berdilar. Shu yillarda olib borilgan gidrologik tadqiqotlar hududda yirik miqyosdagi suv xo‘jaligi loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.L.Shuls, A.M.Muhamedov, 50 O.P.Shcheglova, A.Z.Zohidov Yu.M.Denisov, U.U.Umarov, A.R.Rasulov va N.R.Hamroyev kabi olimlar xizmatini alohida ta’kidlash joizdir. Respublikada daryolar gidrologiyasi fanining 1980 va undan keyingi yillardagi yutuqlari Yu.M.Denisov, F.E.Rubinova, G.E.Glazirin, M.I.Getker, V.G.Konovalov, A.S.Shetinnikov, A.R.Rasulov, V.E.Chub, E.M.Vidineyeva, G.N.Trofimov, A.A.Kreyter, M.A.Nosirov, A.Akbarov, Z.S.Sirliboyeva, F.Hikmatov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan bog‘liqdir. Bu davrga kelib, mamlakatimizda daryolar gidrologiyasi bilan bir qatorda, gidrologiyaning glyasiologiya, ko‘lshunoslik, muhandislik gidrologiyasi (gidrologik hisoblashlar va prognozlar), gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish, sel toshqinlari, suv eroziyasi va daryo oqiziqlari, sug‘oriladigan hududlar gidrologiyasi, suv havzalari gidrokimyosi, suv resurslarini muhofaza qilish kabi qator yo‘nalishlar to‘la shakllandi. Mazkur yo‘nalishlarning ilmiy yutuqlari nafaqat sobiq Ittifoq, balki dunyo miqyosida e’tirof etildi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling