Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. Daryo suvi va uning tabiiy jarayonlar hamda inson hayotidagi ahamiyati 2.1. Daryo suvining tabiiy xususiyatlari
Nazorat savollari
1. “Gidrologiya” fanining ta’rifini eslang. 2. “Gidrologiya” fani o‘rganadigan suv obyektlariga bog‘liq holda necha qismga bo‘linadi? 3. Quruqlik gidrologiyasi qanday suv obyektlarini o‘rganadi? 4. “Gidroekologiya” fanining shakllanish jarayoni qanday muammolar bilan bog‘liq? 5. Gidrologiyada qanday tadqiqot usullaridan foydalaniladi? 6. “Gidrologiya” fanining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini eslang. 7. Buyuk allomalar Muhammad alXorazmiy, Ahmad alFarg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning O‘rta Osiyoda suv ilmining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nimalardan iborat? 8. XVI – XIX asrlarda daryolar gidrologiyasiga oid tadqiqotlarga tavsif bering. 9. Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasiga oid qanday tadqiqotlar amalga oshirilgan? 10. “Daryolar gidrologiyasi” fanining mustaqillik yillaridagi rivojiga hissa qo‘shgan olimlarning tadqiqotlariga tavsif bering. 53 II BOB. Daryo suvi va uning tabiiy jarayonlar hamda inson hayotidagi ahamiyati 2.1. Daryo suvining tabiiy xususiyatlari Daryo suvi ko‘pgina xossalari bilan boshqa qattiq va suyuq moddalardan farq qiladi. U yengil, harakatchan suyuqlik bo‘lib, o‘zi quyilgan jism shaklini erkin qabul qiladi. Suv har xil kuch ta’siriga katta qarshilik ko‘rsatib, yuqori bosimga chidab, o‘z hajmini deyarli kam o‘zgartiradi. Tabiiy suv, unda boshqa eritmalar kam bo‘lsa, yupqa qatlamlarda rangsiz tusda, qalin qatlamlarda esa havorangko‘k tusda bo‘ladi. Toza, eritmasiz suv elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Suvning zichligi deb, hajm birligidagi suv massasiga aytiladi. Suv +4 0 C haroratda eng katta zichlikka ega bo‘ladi, undan katta va kichik haroratlarda esa zichlik kamayadi. Muzning zichligi suvnikidan kam. Shu tufayli muz parchasi suv yuzasida cho‘kmay turadi. Suv betidagi muz qoplami issiqsovuqni yomon o‘tkazadi. Natijada, pastki qatlamlardagi suv muzlamaydi. Bu esa daryolarda va boshqa suv havzasidagi tirik organizmlarni qirilib ketishidan saqlaydi. Toza distillangan suvning muzlash harorati 0 0 C, qaynash harorati esa normal atmosfera bosimida +100 0 C ga teng. Suvning muzlash va qaynash harorati unda erigan moddalar miqdori, ya’ni sho‘rligiga va atmosfera bosimiga bog‘liq. Suvning sho‘rligi ortishi bilan uning muzlash harorati pasayib, qaynash harorati esa ortadi. Masalan, okean va dengizlar suvi -2 0 C da muzlaydi. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 gramm massali suvni 1 gradus isitish uchun talab qilinadigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 1,0 kal/g grad ga teng bo‘lib, boshqa suyuq moddalar va qattiq jismlarnikidan yuqoridir. Masalan, muzning solishtirma issiqlik sig‘imi o‘rtacha -0,505 kal/g grad, havoniki -0,237 kal/g grad va tuproqniki esa -0,40 kal/g grad ga teng. Suvning harorati o‘zgarishi bilan uning solishtirma issiqlik sig‘imi kam o‘zgaradi. Yuqorida keltirilgan raqamlarda aks etganidek, suvning issiqlik sig‘imi kattaligi quruqlikdagi suvlarning sovishi va isishi jarayonlarida, shuningdek, butun Yer shari iqlimining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling