Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200
Bog'liq
pdf

Ahmad (X asr), al­Muqaddasiy (X asr) larning yozib qoldirgan 
ma’lumotlar ham muhim hisoblanadi.
Masalan, al­Muqaddasiyning 985-yilda yozib tugallangan "Iqlimlarni 
o‘rganishda eng yaxshi qo‘llanma" asarida Turkmanistonning Murg‘ob 
daryosidagi to‘g‘on yaqinida suv sathini o‘lchash maqsadida yog‘och 
taxtadan yasalgan qurilma tilga olinadi. Shu inshootdagi suv o‘lchagich 
uskuna aniq bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, har bir bo‘lakning qiymati 


38 
hozirgi o‘lchov birligida 2,0­2,5 sm ga yaqin bo‘lgan. Agar daryodagi suv 
sathi to‘linsuv davrida 60 bo‘lakkacha ko‘tarilsa, hosil yaxshi bo‘lishi, 
bor­yo‘g‘i 6 bo‘lakka ko‘tarilganda esa, aksincha, suv kam bo‘lib, 
hosildorlik ham past bo‘lishi kutilgan. Demak, X asrdayoq o‘lkamiz 
hududida bo‘lajak hosilni bashorat qilish maqsadida daryolarda maxsus 
suv o‘lchash ishlari bajarilgan. 
Shuningdek, arab sayyoh olimi ibn Fadlon Ahmad kundaliklarida 
Amudaryoning qishki harorat rejimi haqida ilk ma’lumotlarni yozib 
qoldirgan. U 921-922-yillarda arab xalifasi Muhadir elchilari bilan Xorazm 
va Buxoroda bo‘ladi. Shu joylarning xalqlari, urf-odatlari, iqlimi bilan bir 
qatorda daryolari haqida ham quyidagicha yozadi: “Jayxun (Amudaryo) 
daryosi boshidan oxirigacha muzladi. Muz qalinligi karvonga xuddi yo‘l 
kabi daryo ustidan o‘tishga imkon berdi. Muz qattiq bo‘lib, darz ketmadi, 
uch oy shu holatda qoldi”. Ko‘rinib turibdiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat 
Amudaryoning, balki boshqa daryolarning ham o‘sha davrlardagi harorat 
rejimi haqida aniq tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, X­XI asrlarda yashagan olimlar suv 
ilmi ­ gidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon 
Beruniy (973­1048-yillar) ning ushbu fanning shakllanish va rivojlanish 
jarayoniga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O‘tgan avlodlar 
yodgorligi", "Hindiston", "At­tafqim", "Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", 
"Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, 
buloqlar haqida, “Gidrologiya” fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan. 
Ma’lumki, gidrologiya o‘rganiladigan suv obyektlarining turi va 
o‘rniga ko‘ra ikki qismga ­ okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga 
bo‘linadi. Beruniy asarlaridagi gidrologik ma’lumotlarni ham shartli 
ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh ma’lumotlarda - 
okeanlar, dengizlar, ko‘rfazlar haqidagi fikrlar bayon qilinsa, ikkinchi 
guruhda esa allomaning quruqlik suvlari ­ daryolar, soylar, buloqlar, 
ko‘llar, qorliklar, muzliklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi 
ilmiy qarashlari yoritilgan. 
Masalan, Beruniyning "Hindiston" asarining 58­bobi okeanlar, 
dengizlar, ulardagi suv qalqishi hodisalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
Asarning 18­bobida esa Hindiston daryolari, mamlakatni o‘rab turgan 
dengizlar, ko‘rfazlar, qo‘ltiqlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. 
Ushbu asarning 25­bobida esa daryolar haqidagi bilimlar yanada 
chuqurlashtirilib, ularning boshlanish qismi, u yerlardagi gidrologik 
shart­sharoitlar, oqim rejimi, to‘yinish manbalari, daryolar o‘zanida 
kechadigan gidrodinamik jarayonlar va ularning oqibatlari batafsil bayon 
etilgan. 


39 
Yuqoridagilarning isboti sifatida Beruniy asarlaridan ayrim parchalar 
keltiramiz. Masalan, "Hindiston" asarida u quyidagicha yozadi:"... Tog‘ 
etaklarida va sharqirama daryolar yonida toshlar kattaroq, tog‘lardan 
uzoqdagi (joylarda) va daryo (oqimi tezligi) susayishi bilan toshlar kichikroq, 
daryolar sekin oqadigan va (ularning) ko‘llar ­ to‘qaylar hamda dengizga 
quyilish joyiga kelganda qumlar uchraydi". Beruniy tomonidan yozib 
qoldirilgan bu xulosa gidrologiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan 
zamonaviy gidrodinamika fanining bizga ma’lum bo‘lgan qonunlariga to‘la 
mos keladi. Aniqroq qilib aytganda, shu fanga tegishli bo‘lgan hozirgi 
kundagi adabiyotlarda Beruniyning qariyb ming yil ilgari aytgan fikrlarining 
takrorini uchratamiz. Masalan, XX asrning o‘rtalarida taniqli gidrolog - olim 
N.I.Makkaveyev quyidagicha yozadi: "... водные потоки производят 
сортировки наносов по их уделному весу и крупности по всей длине 
реки". 
Beruniyning "Hindiston" asarida "Okeanologiya"ga oid qimmatli 
ma’lumotlar keltirilgan: "Odamzod yashaydigan yerning g‘arbida bir 
dengiz borkim, Muhit deyilur, yunonlar uni O‘qiyonus deydilar". Asarda 
Muhit dengizi (Atlantika okeani)ning janubiy, o‘rta va shimoliy qismlari 
qirg‘oqlarida yashaydigan xalqlar, davlatlar, qo‘ltiqlar haqida batafsil 
axborot berilgan. Masalan, Beruniy shunday yozadi: "Uning qirg‘og‘i 
janubda eng uzoq chegaradan boshlanib, Sudon mamlakatiga ro‘baru 
bo‘lgan joyda Uzg‘ist, Chekka Sus, Tanja, keyin Andalus, al­Jaloliqo, 
Saqlab (Slavyan) chegaralarini kesib o‘tadi... Shimolroqda ­ saqlablar 
oldida, ushbu dengizdan katta bir qo‘ltiq ajralib, Bulg‘or yerlariga 
yaqinlashib keladi. Ular bu qo‘ltiqni Varang (Boltiq) dengizi deb 
biladilar...". Shunga o‘xshash batafsil ma’lumotlar Tinch ("Sharqiy dengiz" 
yoki "Sharqiy muhit") va Hind ("Ulug‘ dengiz") okeanlari haqida ham 
keltirilgan. 
Dengizlar ­ Bo‘ntus (Qora dengiz), Shom (O‘rta dengiz), Xazar 
(Kaspiy) dengizi, Xorazm (Orol) dengizi, Issiqko‘l, ularga quyiladigan 
daryolar (Etil ­ Volga, Nil, Jayhun, Yaksart va boshqalar) gidrografik 
nuqtai nazardan ancha to‘la ta’riflangan. Beruniy o‘z asarlarida, ayniqsa, 
Qizil dengizdan Nil etagiga ariq (kanal) qazish tarixiga, Amudaryo va 
Qoraqum tarixiga oid juda ko‘p qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, 
"Geodeziya" asarida Ptolemey (Batlimus)ning "Geografiya"si yozilgan 
davrdan o‘z davrigacha Amudaryo tarixiga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, 
tegishli xulosalar chiqaradi. Ma’lum bo‘lishicha, Amudaryo shu davr 
ichida (I asrdan XI asrgacha) uch marta o‘z o‘zanini o‘zgartirgan. Dastlab, 
ya’ni Ptolemey davrida Amudaryo Jurjon (Xazar, Kaspiy) dengiziga, so‘ng 
shimolga burilib, Orol dengiziga, Beruniy davrida esa yana janubga 


40 
burilib, Sariqamish (Qiz) dengiziga quyilgan. 
Beruniy asarlarida Yer kurrasida suv eroziyasi bilan bog‘liq holda 
kechadigan eroziya­akkumlyatsiya jarayonlari, ularning oqibatlari ham 
yoritilgan: "... dengiz va quruqlik doim bir­biri bilan muhorabada bo‘ladi, 
ya’ni dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanib turadi...". 
Asarda bu jarayonlarga yorqin misollar keltiriladi. 
Umuman, Beruniyning okeanlar, dengizlar ilmiga qo‘shgan hissasi 
juda kattadir va u keyinchalik yevropalik olimlar ta’biri bilan 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling