Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Yer osti suv yo‘llari va ularning vazifalari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   200
Bog'liq
pdf

Yer osti suv yo‘llari va ularning vazifalari. Inshootning asosiy qismi 
bo‘lgan quduq Nil daryosi bilan yer osti suv yo‘llari orqali tutashtirilgan. 
Ularning soni turli manbalarda turlicha ko‘rsatilgan. Masalan, rus olimi 
A.Muranov ularning soni ikkita desa, ingliz olimlari A.Bisvas ­ uchta, 
G.Xerst esa sonini ko‘rsatmay, "suv yo‘llari" deb keltiradi. 
Yer osti suv yo‘llari soni nechta bo‘lishidan qat’i nazar, Ahmad 
Farg‘oniy "Miqyos an­Nil" tizimida ulardan foydalanish natijasida suv 
sathini aniq o‘lchashga imkoniyat yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim 
amaliy muammolarni hal etgan. 
Ulardan birinchisi, inshootni daryo o‘zanidan ma’lum masofada 
qurib, uni qirg‘oqlardagi o‘pirilish, yemirilishlardan saqlab, uzoq yillar 
ishlashini ta’minlashdir. Chunki, har qanday daryo o‘zanida shunday 
jarayonlarning bo‘lishi tabiiydir. Nil daryosida ham o‘zan jarayonlari jadal 
kechadi. Bu holat qirg‘oq chizig‘ining o‘zgaruvchanligida, qayiqlar suzib 
yurishi mumkin bo‘lgan chuqurliklarning o‘zgarib turishida, mavjud suv 
omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishida kuzatiladi. Inshootning 
shu kungacha saqlanib qolishi (nafaqat saqlanishi, balki asrimiz 
o‘rtalarigacha faoliyat ko‘rsatishi), allomaning bu sohadagi, ya’ni uni 
daryoda jadal sur’atlarda kechadigan o‘zan jarayonlaridan asrash bilan 
bog‘liq bo‘lgan hisob­kitoblarining naqadar to‘g‘ri ekanligining yorqin 
dalilidir. 
Suv yo‘llari yordamida alloma tomonidan hal etilgan ikkinchi va shu 
bilan birga, eng asosiy muammo ­ daryodagi suv sathini o‘lchashda katta 
aniqlikka erishishdir. 
Ma’lumki, daryoda harakatlanayotgan suvning sathi (N
o
) tinch 
(statik) holatdagi suv sathi (N) dan ma’lum qiymat (

N) ga farq qiladi, 
ya’ni: 
N
o
= N + 

N. 
Ifodadagi 

N suvning oqish tezligi - V
0
ga bog‘liq bo‘lib, quyidagi 
tenglik bilan aniqlanadi: 

N =
g
V
2
2
0

Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryoda suvning oqish tezligi 
qancha katta bo‘lsa, 

N ning qiymati ham shuncha kattalashadi. Bunga 


31 
harakatlanayotgan suvga tayoqchani tik holatda tushirib, ishonch hosil 
qilish mumkin: tezlik qancha katta bo‘lsa, tayoqchaga urilayotgan suv 
shuncha balandga ko‘tariladi. 
Gidrodinamikaning mana shu qonunini e’tiborga olmaslik, suv 
o‘lchash inshootida suv sathini o‘lchash jarayonida ma’lum xatoliklarga 
olib keladi. Mazkur xatoliklar quyidagilarda o‘z aksini topadi. Agar yer 
osti suv yo‘li inshoot tomon daryodagi oqim yo‘nalishiga parallel holda 
yuqoridan keltirilsa, undagi suv sathi sun’iy ravishda ko‘tarilgan, quyi 
tomonidan keltirilganda esa, aksincha, pasaygan bo‘lar edi. Shu holatlarni 
e’tiborga olsak, inshoot qudug‘ini daryo bilan tutashtiruvchi uchta suv 
yo‘lining bo‘lishi haqiqatga yaqinroq.
Gidrodinamika qonunlariga amal qilinadigan bo‘lsa, ularning 
birinchisi, daryo oqimi yo‘nalishida, qolganlari esa birinchisiga tik 
(perpendikulyar) holatda ikki yondan keltirilishi kerak. Shu shart 
bajarilganda, oqim yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan yer osti suv yo‘lidagi 
gidrodinamik bosim (P
1
) qolgan ikkinchi (P
2
) va uchinchi (P
3
) suv 
yo‘llaridagi gidrodinamik bosimlar yig‘indisi bilan muvozanatlashadi, 
ya’ni: 
P
1
= P
2
+ P

tengligi bajariladi. Natijada, quduqdagi suv yuzasi tekis va gorizontal 
holatda bo‘lib, daryodagi suv sathining haqiqiy qiymati hisobga olinadi. 
Inshoot tizimidagi yer osti suv yo‘llaridan foydalanishning yana bir 
afzalligi bor. Bilamizki, har qanday suv havzasi ­ ko‘llar, dengizlarda 
shamol ta’sirida to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Bu holat Nil kabi yirik daryolarda 
ham sezilarli darajada kuzatilib, suv sathini aniq o‘lchashga imkon 
bermaydi. Demak, inshootda bu muammo ham yer osti suv yo‘llari 
yordamida o‘z echimini topgan, boshqacha qilib aytganda, daryodagi suv 
sathini aniq o‘lchashda shamol va boshqa omillar ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan salbiy ta’sirga butunlay barham berilgan. 
Inshoot tizimidagi quduqqa yer osti suv yo‘llarining qanday 
(gorizontal, inshoot yoki, aksincha, daryo tomon nishab) holatda keltirilishi 
ham qurilmaning ishlash muddatini belgilashda muhimdir. Ahmad 
Farg‘oniy masalaning shu tomonini ham hisobga olgan bo‘lishi aniq. 
Gidrodinamika, aniqrog‘i, daryo suvida mavjud bo‘lgan loyqa 
oqiziqlarning cho‘kish qonunlarini hisobga oladigan bo‘lsak, yer osti suv 
yo‘llari quduqdan daryo tomon ma’lum nishablikda o‘tkazilishi lozim. 
Faqat shundagina yer osti suv yo‘llari va quduqni loyqa oqiziqlar 
cho‘kmalari bilan to‘lib qolishdan saqlashga erishiladi. Yer osti suv 
yo‘llarining daryo tomon pasayib boruvchi nishablikda qurilganligi 
quyidagilarda o‘z isbotini topadi. 


32 
Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqaligi bilan ajralib 
turgan. To‘g‘ri, hozirgi kunda uni "Zangori Nil" deb atashadi. Buning 
sababini Nil daryosi havzasida oxirgi 100 yillikda qurilgan 10 dan ortiq 
yirik to‘g‘onlar ta’siri bilan tushuntirish mumkin. Masalan, XX asrning 
60­yillari boshida qurilgan birgina Baland Asvon to‘g‘oni 130 mlrd.kub 
metr suvni sig‘dira oladi. Daryodagi loyqa oqiziqlarning asosiy qismi ana 
shu suv omborlarida cho‘kib qoladi. Natijada, daryoning quyi oqimida 
tiniq suv oqadi.
Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar Nil daryosining har 1 m

suvida o‘rtacha 1,5 kg loyqa oqiziqlar mavjud bo‘lgan. Alloma inshootni 
loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan. 
Agar shu holatlar hisobga olinmaganda edi, inshootda daryo suvidagi loyqa 
oqiziqlarning cho‘kib qolishi tabiiy holdir. Masalan, 1 yilda 1 mm 
qalinlikda cho‘kma hosil bo‘lsa, 1100 yil davomida uning qiymati 1 metr 
dan ortiq qalinlikka yetib, inshoot tizimidagi quduq va yer osti suv yo‘llari 
cho‘kmalar bilan to‘lib qolgan va natijada, inshoot ishga yaroqsiz holga 
kelgan bo‘lar edi. Lekin, "Miqyos an­Nil" dan ming yillar davomida 
foydalanish davrida bunday salbiy hodisalar umuman qayd etilmagan va 
shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan. 
Demak, Ahmad Farg‘oniy inshoot tizimida quduq, uni daryo bilan 
tutashtiruvchi yer osti suv yo‘llari, o‘lchov ustuni hamda uning santimetr 
aniqlikdagi bo‘laklaridan foydalanish natijasida Nil daryosi suvi sathini 
katta aniqlikda o‘lchashga erishgan. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling