Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6.4. Daryolar gidrologiyasidan ilk qo‘llanma va Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi
Unda har yili suv sathin borur kuzatib,
Xulosa qilurlar va unga qarab, Nima kutilmoqda ochlik, to‘kinlik? Aniqdir, Nil toshsa, hosil shuncha mo‘l. Umuman, Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosidagi suv sathini o‘lchash inshooti "Miqyos anNil" ni loyihalash va qurish bilan bog‘liq faoliyati, amaliyotda undan bevosita foydalanishni yo‘lga qo‘yishdagi bilimi, ilmiy salohiyati va aqlzakovati tahsinlarga loyiqdir. Zero, inshootning qariyb 1200 yillik vaqt sinovlaridan o‘tib, bizning davrimizgacha yetib kelganligi va hozirgi kunda ham undan bemalol foydalanish mumkinligining o‘ziyoq allomaning ilmfanning, shu jumladan, suv ilmining buyuk namoyandasi bo‘lganligining yorqin ifodasidir. 1.6.4. Daryolar gidrologiyasidan ilk qo‘llanma va Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi Suv ilmi tarixida al-Xorazmiy va al-Farg‘oniylardan biroz keyinroq yashagan Saraxsiy, Narshaxiy kabi olimlar ham sezilarli iz qoldirganlar. Ulardan biri, IX asrda yashab o‘tgan Ahmad ibn Muhammad ibn at- Tayyibu al-Saraxsiy Turkmanistonning qadimgi Saraxs shahrida tug‘ilib, Bog‘dodda ilmiy faoliyat olib borgan. Uning "Dengizlar, suvlar va tog‘larning foydasi", "Yo‘llar, viloyatlar, dengizlar va shaharlar 37 to‘g‘risidagi kitob" kabi asarlarida keltirilgan gidrografik va gidrologik ma’lumotlar diqqatga sazovordir. Shuningdek, 899959-yillarda yashab o‘tgan buxorolik tarixchi olim Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asari suv ilmiga oid ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu asarda Zarafshon daryosi, Amudaryo va boshqa suv manbalari gidrografiyasiga tegishli muhim ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi qo‘lyozmalar orasida X asrga oid, muallifi noma’lum bo‘lgan "Kitobi hudud alolam minal mashriq ilal mag‘rib" (Sharqdan g‘arbgacha olam chegaralari kitobi) nomli asar gidrologiya va gidrografiyaga tegishli ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu asar, professor H.H.Hasanov ma’lumotlariga ko‘ra, 983-yilda Amudaryoning chap sohilidagi Juzjon viloyatida yozilgan. Unda yer yuzidagi yirik daryolar, ularning qayerdan boshlanib, qayerga quyilishi, suvining yerlarni sug‘orishga sarflanishi, hatto kemachilikka yaraydigan daryolar tavsiflangan. Kitobda Tinch va Atlantika okeanlari, ularning o‘rni, suvining rangi, janubda ham, shimolda ham birbiriga tutashib ketishi ta’kidlab o‘tiladi. Asarda daryolar haqidagi ta’rif quyidagicha boshlangan: "Daryo ikki xil bo‘ladi, biri - tabiiy daryo, ikkinchisi sun’iy... Tabiiy daryolar shularki, ularning suvi qorliklarning erishidan (hosil) bo‘ladi... Ular... dengiz yoki botqoqlikka yetguncha oqadilar". Bu asar aniq gidrografik ma’lumotlarga boyligi bilan ham ajralib turadi: "Jayxun daryosi (Amudaryo) Vahon hududidan oqib chiqadi va Bomir (Pomir) viloyati va Shugnoni Vahon hududi orasidan o‘tib, to Xatlon va To‘xariston va Balx va Chag‘oniyon va Xuroson va Movarounnahr (yerlaridan) oqadi, to Xorazmgacha boradi, keyin Xorazm (Orol) dengiziga quyiladi...". Shunga o‘xshash batafsil tavsiflar Xarnob (Panj), Vaxshob (Vaxsh), Kofirnihon, Surxondaryo, O‘zgand (Sirdaryo), Parak (Chirchiq), Buxoro (Zarafshon) daryolari misolida ham keltirilgan. Umuman olganda, "Hudud alolam"ning muallifi o‘lkamiz daryolari to‘yinish manbalari va gidrografiyasini o‘z davriga nisbatan ancha aniq tasavvur etgan. O‘rta Osiyo suv ilmi tarixida IX-X asrlarda yashagan xorijiy olimlar, jumladan, arab geograf - sayyohlari alYoqubiy (IX asr), ibn Fadlon Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling