Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200
Bog'liq
pdf

Nazorat savollari 
1. 
 Daryo oqimi qanday miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi? 
2. 
 Suv sarfini hisoblash ifodasi qanday ko‘rinishga ega?
3. 
 Oqim hajmini hisoblash ifodasini bilasizmi?
4. 
 Oqim modulining tabiiy mohiyatini tushuntirib bering. 
5. 
 Oqim moduli qanday ifoda yordamida hisoblanadi? 
6. 
 Tog‘ daryolarida oqim modulining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi
7. 
 Oqim qatlami nima va uning qiymati qanday hisoblanadi? 
8. 
 Oqim modulining qiymati 
1

i
К
sharti bajarilganda, daryodagi 
suv miqdori me’yorga nisbatan qanday holatda bo‘ladi? 
9. 
 Oqim koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 


126 
10. 
 Oqimning modul koeffitsiyentini hisoblash ifodasini eslang. 


127 
XIII BOB. Daryolar suv rejimining davrlari 
13.1. Daryolar suv rejimi davrlarining turlari 
Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini bir necha xarakterli 
qismlarga ­ ko‘p suvli, ya’ni to‘linsuv, kam suvli va toshqin davrlariga 
ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejimi davrlari deb ataladi. 
Bu davrlar har birining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, davom etish 
vaqti, daryolarning to‘yinish manbalari hamda ularning daryo oqimiga 
qo‘shadigan ulushlarining yil davomida o‘zgarishi bilan aniqlanadi. O‘z 
navbatida bu omillar daryo havzasining iqlim sharoitiga bog‘liqdir. 
Suv rejimining davrlari soni turli tabiiy­geografik zonalarda joy-
lashgan daryolar uchun turlicha ­ ikkitadan to to‘rttagacha bo‘lishi 
mumkin. Masalan, materiklarning yirik tekislik hududlaridagi daryolarda 
quyidagi to‘rt davr kuzatiladi: 
- bahorgi to‘linsuv davri; 
- yozgi kam suvli davr; 
- kuzgi toshqin davri; 
- qishki kam suvli davr.
Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi 
mumkin, yozgi to‘linsuv davri uzoq muddatga cho‘ziladigan daryolarda 
esa yozgi kam suvli davr kuzatilmaydi. 
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning Amudaryo, Sirdaryo
ularning Surxondaryo, Chirchiq kabi nisbatan yirik daryolarida esa, 
asosan, ikkita davr - bahorgi ­ yozgi to‘linsuv davri va kuzgi ­ qishki kam 
suvli davr kuzatiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling