Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryolarni suv rejimi davrlariga ko‘ra tasniflash


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   200
Bog'liq
pdf

13.5. Daryolarni suv rejimi davrlariga ko‘ra tasniflash 
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko‘ra guruhlarga ajratish, ya’ni 
tasniflash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq daryolari 
suv rejimi xususiyatlarini o‘rganish asosida B.D.Zaykov shu hududdagi 
daryolarning tasnifini ishlab chiqdi. U o‘rganilayotgan hududdagi barcha 
daryolarni, tabiiy yoki sun’iy ravishda boshqarilgan daryolarni hisobga 
olmagan holda, quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo‘ldi (13.1­rasm): 
a) to‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar; 
b) to‘linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar; 
v) toshqinli suv rejimiga ega bo‘lgan daryolar. 
O‘rganilayotgan hududda to‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan 
daryolar ko‘pchilikni tashkil etadi. To‘linsuv davrining xususiyatlariga va 
suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o‘zgarishlariga 
bog‘liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo‘linadi: Qozog‘iston, 
Sharqiy Evropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari. 
Qozog‘iston turidagi daryolar yorqin namoyon bo‘lgan bahorgi 
to‘linsuv davri va yilning boshqa vaqtlarida kam suvliligi bilan ajralib 
turadi. Bu daryolarda to‘linsuv davri qisqa muddatli (bir oydan kam) 
bo‘lib, ko‘pchiligi yoz oylarida qurib qoladi. Bu turdagi daryolar 
Orol­Kaspiy pastligining shimoliy chekkalarida va Janubiy Zavoljyeda 
tarqalgan. 
Sharqiy Yevropa turidagi daryolar baland va shu bilan birga 
qiyosan uzoqroq davom etadigan to‘linsuv davri va suv kamaygan yozgi 
hamda qishki kam suvli davrlari bilan xarakterlanadi. To‘linsuv davrining 
davom etishi, daryo havzasi maydoni o‘lchamiga bog‘liq holda, kichik va 
o‘rta daryolarda 1­2 oydan, katta daryolarda 3­4 oygacha davom etadi. 
Ularda yoz faslida yomg‘irlar hisobiga hosil bo‘ladigan toshqin davri 
kuzatiladi. Bu turdagi daryolar Rus tekisligi hududining katta qismida 
tarqalgan. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling