132
Keltirilgan tasnif suv to‘plash havzasi bir xil sharoitlarda joylashgan
daryolarga tegishlidir. Suv to‘plash havzasi kattalasha borgan sari,
uning
tabiiy sharoiti ham o‘zgarib, oqibatda, daryolarning
suv rejimi davrlari
ham murakkablasha boradi.
Bu tasnifni hozirgi kun talablariga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi.
Turli balandlik zonalaridan suv to‘playdigan va shu tufayli turlicha
to‘yinish manbalariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo daryolarining yagona
Tyanshan turiga kiritilishi buning yorqin misolidir.
Nazorat savollari
1. Daryolar suv rejimining elementlarini aytib bering.
2. Daryolarda suv sathini o‘lchash ishlari qanday amalga oshiriladi?
3. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi?
4. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib
bering.
5. Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini qanday davrlarga
ajratish mumkin?
6. To‘linsuv davriga ta’rif bering.
7. Daryolarning suv rejimi davrlariga ko‘ra, qanday tasniflarini
bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: