Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   200
Bog'liq
pdf

mining mahsulidir", degan ibora hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. 
Hozirgi paytda bu fikr birmuncha keng ma’noda, ya’ni "Daryolar 
­havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhitida iqlimning 
mahsulidir", deb ta’riflanadi. Natijada, iqlimning yetakchi hissasini 
ta’kidlash bilan birga, landshaft sharoitlari ­ havzalarning geologik 
tuzilishi, tuprog‘i, o‘simligi va boshqa omillarning ahamiyatiga urg‘u 
beriladi. 
 
14.2. To‘yinish manbalari hissalarini miqdoriy baholash 
Daryolarning to‘yinishida ayrim manbalarning qo‘shgan hissasi 
miqdorini aniqlash ancha murakkab vazifa hisoblanadi. Bu, bir tomondan, 


134 
daryo havzasiga yoqqan yomg‘ir va unda qish davomida to‘plangan qor 
qoplamining miqdorini aniqlash masalalari bilan bog‘liq. Ikkinchidan esa, 
yomg‘ir va qor suvlarining ma’lum qismi daryo tarmog‘iga yer usti suvlari 
oqimi ko‘rinishida emas, balki shu suvlarning yer osti qatlamlariga 
shimilishi natijasida hosil bo‘lgan grunt suvlari sifatida qo‘shiladi. Bunday 
hollar o‘rmonli hududlar va ayniqsa, tog‘li rayonlar uchun xosdir. 
Odatda daryoning to‘yinish manbalari miqdorini aniqlashda 
oqimning yillik gidrografidan foydalaniladi. Ma’lumki, oqim gidrografi 
deb, o‘rtacha kunlik suv sarfining yil ichida o‘zgarishini ifodalaydigan 
davriy chizmaga aytiladi. Uni o‘rtacha kundalik, o‘n kunlik yoki oylik suv 
sarfi bo‘yicha ham chizish mumkin. U millimetrli qog‘ozga chizilib
vertikal­ordinata o‘qi bo‘yicha suv sarfi, gorizontal­absissa o‘qi bo‘ylab 
esa vaqt (oy, kunlar) qo‘yiladi (14.1­rasm). Chizmadagi gidrograf chizig‘i 
va koordinata o‘qlari bilan chegaralangan maydon yuzasi ma’lum kuzatish 
joyi uchun bir yil ichida oqib o‘tgan suv hajmini ifodalaydi. 
Oqim gidrografini ayrim to‘yinish manbalari bo‘yicha vertikal 
tashkil etuvchilarga ajratib, tahlil qilish asosida daryo suvining to‘yinish 
manbalari 
miqdori 
baholanadi. 
To‘yinish manbalari miqdorini 
baholashning bunday usuli birinchi marta taniqli gidrolog olim 
V.G.Glushkov tomonidan ishlab chiqilgan. 
Tekislik daryolari uchun oqim gidrografini to‘yinish manbalariga 
bog‘liq holda bo‘laklarga ajratishning bir necha usullari mavjud. Eng 
oddiy usullardan biri shundan iboratki, gidrografda bahor oldi va toshqin 
davrlari oralig‘idagi barcha kam suvli davrlardagi eng past nuqtalar to‘g‘ri 
chiziqlar bilan 14.1­rasmdagidek birlashtiriladi. Chiziqdan quyida 
joylashgan yuza yer osti suvlari hissasini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, 
bunda daryoga qo‘shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olish 
imkoniyati mavjud emas. Bu esa hisoblashlarda birmuncha xatoliklarga 
olib keladi. Lekin keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasi daryolarga 
qo‘shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumki, daryo o‘zanidagi suvlar yer osti suvlari bilan gidravlik 
bog‘langan yoki bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin har ikki hol uchun 
ham daryoga qo‘shiladigan yer osti suvlari oqimi to‘linsuv davrining 
pasayishida eng ko‘p miqdorda kuzatilar ekan. Shu holatni hisobga olib
gidrografda daryodagi yer usti va yer osti suvlari oqimlari orasidagi 
chegarani 14.1­rasmdagidek o‘tkazish lozim. 
Tog‘ daryolari uchun oqim gidrografini to‘yinish manbalari bo‘yicha 
bo‘laklarga bo‘lish birmuncha qiyin, Chunki bunda qor, yomg‘ir, muzlik 
va yer osti suvlarining o‘zaro bog‘liqligi tekislik daryolariga nisbatan 
ancha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham ularda to‘yinish 


135 
manbalarining hissasini baholash oqim gidrografi bilan birgalikda 
(kompleks holda) chizilgan yog‘in va havo haroratining yil davomida 
tebranishi chizmalarini solishtirgan holda amalga oshiriladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling