Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Daryolarning to‘yinish manbalari bo‘yicha tasnifi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   200
Bog'liq
pdf

14.4. Daryolarning to‘yinish manbalari bo‘yicha tasnifi 
Daryolarning to‘yinishida ishtirok etuvchi manbalardan har birining 
yillik oqimga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash uslubi hali takomiliga 


137 
yetmagan. Bu sohadagi dastlabki ishlar 40­yillarda M.I.Lvovich 
tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u daryolarning to‘yinish manbalari 
bo‘yicha tasnifini ishlab chiqdi. Bu ish 70­yillarda ancha qiyomiga 
yetkazildi. Har ikki bosqichda ham olim daryolar suv rejimining tahliliga 
asoslandi va natijada Yer yuzasidagi daryolarni 38 turga bo‘ldi. Shundan 
20 ta turi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida uchraydi. 
Har bir to‘yinish manbai - qor qoplami, yomg‘ir suvlari va grunt 
suvlarini miqdoriy baholashda M.I.Lvovich quyidagi oraliqlarni qabul 
qildi: 80 foizdan ko‘p, 50­80 va 50 foizdan kam. 
To‘yinishida muzliklarning erishidan hosil bo‘ladigan suvlar ishtirok 
etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklar suvlarining salmog‘i 
50 foizdan ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, mazkur to‘yinish manbaining o‘ziga 
xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ular uchun alohida chegara berilgan: 50 
foizdan ko‘p, 50­25 va 25 foizdan kam. Agar yillik oqimning 80 foizidan 
ko‘prog‘i uchta to‘yinish manbaidan biri, masalan, qor hisobiga to‘g‘ri 
kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi bo‘yicha toza holda qor suvlari hisobiga 
to‘yinuvchi daryolar turiga kiradi. Agar to‘yinish manbalaridan biri, 
masalan, qor suvlarining yillik oqimdagi salmog‘i 50­80 foiz atrofida 
bo‘lsa, unda daryo, asosan, qor suvlaridan to‘yinuvchi daryolar turiga 
kiritilgan. Nihoyat, daryo oqimida uchta to‘yinish manbalaridan har 
birining salmog‘i 50 foizdan kam bo‘lsa, bu daryo aralash manbalar 
hisobiga to‘yinuvchi turga kiritilgan. 
Yer yuzidagi daryolarning to‘yinish manbalariga ko‘ra 38 ta turga 
bo‘linishi ma’lum qonuniyatlarga asoslangan. Masalan, ko‘pchilik daryolar 
qor suvlari, yomg‘ir suvlari va boshqa manbalar hisobiga to‘yinsada, 
ularda umuman olganda qor suvlarining ulushi ko‘proq bo‘lishi mumkin. 
Tasnifni ishlab chiqishda mana shunday holatlar e’tiborga olingan. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling