148
XVI BOB. Daryo havzasida kechadigan suv eroziyasi
16.1. Suv eroziyasi va uning tasniflari
Yer sirti holati va unga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq
holda
daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi turli shakl va ko‘rinishlarda
uchraydi. Ularni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhlash (tasniflash) suv
eroziyasi qonuniyatlarini o‘rganishda va ular asosida amaliy xulosalar
chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli bu muammo ko‘plab
tadqiqotchilarni qiziqtirgan. Suv eroziyasini quyida keltiriladigan tasnifiga
V.Penk, G.N.Lopatin, N.I.Makkaveyev va boshqalar asos solganlar.
Keyinchalik bu masala M.N.Zaslavskiy, O.P.Shcheglova, G.I.Shvebs kabi
olimlar tomonidan rivojlantirildi. Quyida shu tasniflar ustida to‘xtalib
o‘tamiz (16.1rasm).
16.2. Suv eroziyasini kuzatilish o‘rniga
bog‘liq holda tasniflash
Daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonini kuzatilish
o‘rniga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yuza yonbag‘irlardagi
suv eroziyasi;
- jaro‘zan suv eroziyasi;
- yer osti suv eroziyasi;
- to‘lqin eroziyasi (abraziya).
Suv eroziyasining
qayd etilgan turlari, o‘z navbatida,
tegishli
ko‘rinishlarda uchraydi.
Yuza yonbag‘irlardagi suv eroziyasi quyidagi ko‘rinishlarda
kuzatiladi:
- sachratma eroziya;
- yuza yuvilishi;
- kichik jilg‘achalar oqimi eroziyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: