151
Harakatlanayotgan (oqayotgan)
muhit toza suv emas, balki unga
nisbatan
og‘irroq suspenziya shaklida bo‘ladi. Shunga bog‘liq
holda oqimning
gidrodinamik xossalari, gidravlik elementlari va
qattiq jinslarni harakatga
keltirish xususiyatlari ham o‘zgaradi. Oqim to‘lqinsimon harakat qiladi.
Bog‘langan sel oqimi yopishqoqplastik muhit bo‘lib, nisbatan
mayda nurash materiallarining suv bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Bunda suv va nurash materiallari molekulyar tortishish kuchlari orqali
bog‘langan bo‘ladi.
Yer osti suv eroziyasi grunt va yer osti suvlari harakati natijasida
yuzaga keladi. Suv eroziyasining bu turi:
- oddiy yer osti
yuvilishi;
- suffoziyaga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: