Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   200
Bog'liq
pdf

 
Yer osti yuvilishi yer osti suvlari oqimining tuproq va jinslardagi 
bo‘shliqlarga, yoriqlarga ta’siri tufayli namoyon bo‘ladi. 
 
Suffoziyani grunt va yer osti suvlarining yer sirtiga chiqish joylarida 
(buloqlarda) kuzatish mumkin. Bunda yuvilish faqat vertikal yo‘nalishda 
emas, balki yer osti oqimi uzunligi bo‘yicha ham ro‘y beradi, lekin bu 
hodisa bizga ko‘rinmaydi. 
16.3. Suv eroziyasini jadalligi bo‘yicha tasniflash 
Daryolar havzalarida suv eroziyasi tabiiy holda kechishi yoki inson 
omili ta’sirida jadallashishi mumkin. Shu holatni hisobga olib, 
S.S.Sobolev, M.N.Zaslavskiy va boshqa olimlar suv eroziyasi jarayonini 
uning jadalligiga bog‘liq holda quyidagicha tasniflashni taklif etadi: 
- me’yordagi eroziya yoki tabiiy geologik eroziya
- jadallashgan eroziya yoki antropogen eroziya. 
 
Me’yordagi eroziyada tuproq yuvilishi uning hosil bo‘lish sur’atidan 
katta bo‘lmaydi. Jadallashgan eroziyada esa uning aksi bo‘lib, tuproq 
unumdorligi pasayadi. 
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘rmonli va tekislikdan iborat 
bo‘lgan ko‘pgina hududlarda tuproq hosil bo‘lish jarayoni sur’ati 0,2­0,5 
mm/yil ga teng. Lekin, yer sirtining turli tabiiy sharoitdagi turlicha 
hududlarida bu qiymat katta miqyosda o‘zgaradi. Masalan, AQShning turli 
hududlarida tuproq hosil bo‘lish jarayoni yiliga 2,25­11,25 t/ga, ya’ni 
0,3­1,2 mm ni tashkil etadi. Me’yordagi eroziyada tuproq yuvilishining 
yillik miqdori tuproq hosil bo‘lish jadalligidan katta bo‘lmasligi kerak. 
Ba’zan me’yordagi eroziyani tabiiy, tezlashgan eroziyani esa 
antropogen eroziya deb atashadi. Lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas. 
Chunki ba’zi vaqtlarda tabiiy sharoitda ham tezlashgan eroziya kuzatilishi 


152 
mumkin. Ba’zan esa yuqoridagining aksi, ya’ni inson xo‘jalik faoliyati 
ta’siri natijasida eroziya jarayonining jadalligi susayishi ham mumkin. 
Ko‘pchilik hollarda yuza yuvilishning natijasi ko‘zga yaqqol 
tashlanmaydi. Lekin oddiy hisoblashlar uning naqadar katta ekanligini 
ko‘rsatadi. Masalan, 100 gektar yerdan 1 sm qalinlikdagi unumdor tuproq 
yuvilsa, bu 10000 m
3
ni tashkil etadi. Agar shu maydonda uzunligi 100 m, 
kengligi 5 m va chuqurligi 2 m bo‘lgan jarlik paydo bo‘lsa, u darhol 
ko‘zga tashlanadi. Lekin, bunda bor­yo‘g‘i 800­1000 m
3
atrofida unumdor 
tuproq yo‘qotiladi. Yuqoridagi raqamlarni solishtirish yuza yuvilishining 
haqiqatan ham naqadar xavfli ekanidan dalolat beradi. 
Suv eroziyasining yuqorida qayd etilgan turlaridan bo‘lmish yer osti 
suv eroziyasi hamda daryo o‘zanidagi suv eroziyasi masalalari 
"Gidrogeologiya", "O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi", 
"Daryolar gidravlikasi" kabi maxsus kurslarning tadqiqot obyekti 
hisoblanadi. Quyida asosiy e’tibor suv eroziyasi mahsuli ­ daryolarning 
loyqa oqiziqlarini o‘rganishga qaratiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling