Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   200
Bog'liq
pdf

Sachratma eroziya yomg‘ir tomchilarining yer sirtiga urilishi 
natijasida sochilgan tuproq zarrachalarining yonbag‘irlar bo‘ylab quyi 
tomonga harakatlanishida kuzatiladi. Uning yuzaga kelish mexanizmi 
ancha murakkab bo‘lib, maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan. 
Yuza yuvilishi esa, o‘z navbatida: 
- yuza­juda kichik jilg‘achalar oqimi ta’sirida yuvilish; 
- jala yomg‘ir ta’siridagi juda kichik jilg‘achalar oqimi tufayli 
yuvilishga bo‘linadi. 
Birinchisi yuza oqim juda kichik jilg‘achalar oqimiga aylanganda 


149 


150 
kuzatiladi. Unda juda kichik jilg‘achalar oqimi ham, ular ta’sirida 
harakatlanayotgan zarrachalar ham, kichik bo‘lsada, ma’lum o‘lchamlar 
(chuqurlik, kenglik, kattalik)ga ega bo‘ladi. Ikkinchisi ham yuqoridagiga 
o‘xshash sharoitda hosil bo‘ladi, lekin unda yomg‘ir tomchilari 
qo‘shimcha turbulentlikni yuzaga keltiradi va natijada suv eroziyasi ja-
dalligi ortadi. 
Kichik jilg‘achalar oqimi eroziyasi
- kichik jilg‘achalar ta’sirida yuvilishga;
- yomg‘irli­kichik jilg‘achalar ta’sirida yuvilishga bo‘linadi. 
Birinchisi asosan, qor qoplamining erishi natijasida hosil bo‘lgan kichik 
jilg‘achalar ta’sirida yuzaga kelsa, ikkinchisida esa yomg‘ir suvlari ham 
ishtirok etadi. 
Jar­o‘zan eroziyasi mos ravishda jarlik eroziyasiga va o‘zan 
eroziyasiga bo‘linadi. 
 
Jarlik eroziyasi vaqtinchalik oqar suvlar ta’sirida namoyon bo‘ladi 
va, o‘z navbatida: 
- chiziqli jar eroziyasi; 
- bir bosqichli jar eroziyasi va 
- ko‘p bosqichli jar eroziyasiga bo‘linadi. 
 
Chiziqli jar eroziyasi kuchli yomg‘irlar yoki noto‘g‘ri sug‘orish 
natijasida yonbag‘irlarning yuza oqimlar yig‘ilib oqadigan qismida suv 
oqimining jo‘shqin (turbulent) harakati oqibatida kuzatiladi. Natijada, 
oqim yo‘nalishi bo‘yicha chiziqli jarlik hosil bo‘ladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling