150
kuzatiladi. Unda juda kichik jilg‘achalar oqimi ham, ular ta’sirida
harakatlanayotgan
zarrachalar ham, kichik bo‘lsada, ma’lum o‘lchamlar
(chuqurlik, kenglik, kattalik)ga ega bo‘ladi. Ikkinchisi ham yuqoridagiga
o‘xshash sharoitda hosil bo‘ladi, lekin unda yomg‘ir
tomchilari
qo‘shimcha turbulentlikni yuzaga keltiradi va natijada suv eroziyasi ja-
dalligi ortadi.
Kichik jilg‘achalar oqimi eroziyasi:
- kichik jilg‘achalar ta’sirida yuvilishga;
- yomg‘irlikichik jilg‘achalar ta’sirida yuvilishga bo‘linadi.
Birinchisi asosan, qor qoplamining erishi natijasida hosil bo‘lgan kichik
jilg‘achalar ta’sirida
yuzaga kelsa, ikkinchisida esa yomg‘ir suvlari ham
ishtirok etadi.
Jaro‘zan eroziyasi mos ravishda jarlik eroziyasiga va o‘zan
eroziyasiga bo‘linadi.
Jarlik eroziyasi vaqtinchalik oqar suvlar ta’sirida namoyon bo‘ladi
va, o‘z navbatida:
- chiziqli jar eroziyasi;
- bir bosqichli
jar eroziyasi va
- ko‘p bosqichli jar eroziyasiga bo‘linadi.
Chiziqli jar eroziyasi kuchli yomg‘irlar yoki noto‘g‘ri sug‘orish
natijasida yonbag‘irlarning yuza oqimlar yig‘ilib
oqadigan qismida suv
oqimining jo‘shqin (turbulent) harakati oqibatida kuzatiladi. Natijada,
oqim yo‘nalishi bo‘yicha chiziqli jarlik hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: