Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
-rasm. Daryo oqimining yig‘indi (a) va ta’minlanish (b)
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
15.3-rasm. Daryo oqimining yig‘indi (a) va ta’minlanish (b)
egri chiziqlari 146 Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib shuni ta’kidlash lozimki, o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti yillik oqimning o‘zgarishini statistik, ya’ni sonlar orqali ifodalashga imkon beradi. O‘zgaruvchanlikka ta’sir etuvchi omillar esa e’tiborga olinmaydi. 15.3. Oqim me’yorini aniqlashda daryo oqimining o‘zgaruvchanligini hisobga olish Daryo oqimi yillararo o‘zgarib turadi, ya’ni daryoda bir yil suv ko‘p bo‘lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar iqlimiy omillarga bog‘liq bo‘lib, aniq bir qonuniyatga bo‘ysunmaydi, lekin oqimning ma’lum bir o‘rtacha miqdori atrofida tebranib turadi. Tebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymatga ega bo‘ladi. Daryo oqimini bir necha yillar (2530 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo‘lgan qatorni tasodifiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Ma’lumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo‘lgan qator o‘zgaruvchan variatsion qator deyiladi. Kam suvli va ko‘p suvli davrlarning to‘la sikli uchun aniqlangan o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori oqim me’yorini ifodalaydi. O‘zgaruvchan qatorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri o‘rtacha arifmetik miqdor yoki boshqacha aytganda me’yordir. U quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: n У У n i i 1 0 , Ushbu ifodada: 0 У oqim me’yori, n i i У 1 oqimning yillik miqdorlari yig‘indisi, n kuzatish yillari soni. Oqim me’yorini aniqlashda hisoblash davrini belgilab olish muhimdir, Chunki daryo oqimi ham Quyosh faolligi hamda iqlimning davriysiklli o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. I.P.Drujinin, G.P.Kalinin, D.Ya.Ratkovich kabi olimlar tadqiqotlarining natijalari shuni ko‘rsatadiki, daryo oqimining davriy o‘zgarishi 23, 57, 1012, 2228 yillarda takrorlanib turadi. Oqim me’yorini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo‘la ko‘p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig‘indi (integral) egri chizig‘i chizmasidan foydalaniladi (15.2rasm, a). Integral egri chiziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsiyentlari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chiziq daryo oqimining yillar bo‘yicha siklli o‘zgarishi davrlarini yaqqol ko‘rsatib 147 turadi. Ma’lumki, oqimning modul koeffitsiyenti ( i К ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: , 'rt o i i У У К bu yerda i У ma’lum yildagi oqim miqdori, rt o У ' oqim miqdorining butun kuzatish yillari bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha qiymati. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling