Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   200
Bog'liq
pdf

Bir bosqichli jar eroziyasi yonbag‘irlarda nishablik keskin o‘zgargan 
joylarda bo‘ladi. Jarlik cho‘qqisidan oqib tushayotgan suv uning tubidagi 
tuproqni yuva boshlaydi va bu jarayon suv oqimi miqdori ortgan sayin 
zo‘raya boradi. Shuning uchun tezda uning oldini olish zarur. 
 
Ko‘p bosqichli jar eroziyasi suv oqimining quyilish qismidagi 
zinasimon sharsharalar tufayli yuzaga keladi. Oqimning o‘rta qismida 
kuchayib, cho‘qqiga tomon yana so‘nib boradi. 
 
O‘zan eroziyasi daryolar va soylar o‘zanlariga xos bo‘lib: 
- qayir­o‘zan; 
- bog‘lanmagan sel oqimi; 
- bog‘langan sel oqimi ko‘rinishlarida uchraydi. 
 
Qayir­o‘zan yuvilishi o‘zan aniq hosil bo‘lganda va unda suv oqimi 
ta’sirida oqiziqlar ko‘chishi, ba’zan esa cho‘kishi ko‘rinishida kuzatiladi. 
Bu jarayon o‘zandagi oqim dinamikasiga, daryoning suv to‘plash havzasi, 
qayiridagi hamda o‘zanidagi eroziya jarayonlariga bog‘liq. 
 
Bog‘lanmagan sel oqimi turli o‘lchamdagi nurash materiallarining 
suv oqimiga ortiqcha miqdorda qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. 


151 
Harakatlanayotgan (oqayotgan) muhit toza suv emas, balki unga nisbatan 
og‘irroq suspenziya shaklida bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda oqimning 
gidrodinamik xossalari, gidravlik elementlari va qattiq jinslarni harakatga 
keltirish xususiyatlari ham o‘zgaradi. Oqim to‘lqinsimon harakat qiladi. 
 
Bog‘langan sel oqimi yopishqoq­plastik muhit bo‘lib, nisbatan 
mayda nurash materiallarining suv bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Bunda suv va nurash materiallari molekulyar tortishish kuchlari orqali 
bog‘langan bo‘ladi. 
 
Yer osti suv eroziyasi grunt va yer osti suvlari harakati natijasida 
yuzaga keladi. Suv eroziyasining bu turi: 
- oddiy yer osti yuvilishi
- suffoziyaga ajratiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling