Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Daryolar oqiziqlari va suv eroziyasi jadalligini baholash


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   200
Bog'liq
pdf

17.5. Daryolar oqiziqlari va suv eroziyasi jadalligini baholash 
Suv eroziyasi materiallarining hammasi ham daryolar suvi bilan to‘la 
olib ketilmaydi, bir qismi havzadagi botiqlarda, bir qismi daryo o‘zanida 
cho‘kib qoladi, qolgan ma’lum qismigina ularning quyi oqimi ­ 
deltalarigacha yetib boradi va u yerlarda cho‘kadi. 
Mutaxassislarning hisoblashlaricha Yer yuzidagi barcha daryolar 
deltalarining umumiy maydoni 5 mln km
2
ni tashkil etadi. Dunyo okeani 


159 
va dengizlarga quyiladigan daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi 
mahsuli­loyqa oqiziqlarning asosiy qismi mana shu maydonda cho‘kadi. 
Yer sirtining okeanlarga nishab yuzalarining 80% idagi daryolarda 
maxsus kuzatishlar olib boriladi. Ularda kechadigan eroziya jadalligini 
baholashda yirik daryolarda loyqa oqiziqlarni hisobga olish bo‘yicha 
amalga oshirilgan kuzatish ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Yer 
sirtida suv eroziyasi jadalligining materiklar bo‘yicha taqsimlanishini 
baholashda K.N.Lisitsina va V.V.Alekseevlar shu usuldan foydalanishgan 
(17.1­jadval). 
17.1­jadval
Suv eroziyasi jadalligining materiklarning okeanlarga nishab
yuzalari bo‘yicha taqsimlanishi 
Materiklar yoki 
qit’alar 
Maydoni, 
mln.km
2
Oqiziqlar oqimi 
Yuvilish, 
mm/yil 
10
9
t/yil 

Osiyo 
31,2 
10,5 
67,0 
0,22 
Janubiy Amerika 
16,4 
2,44 
15,5 
0,10 
Shimoliy Amerika 
23,4 
1,10 
7,2 
0,03 
Afrika 
20,5 
0,99 
6,3 
0,03 
Yevropa 
8,3 
0,44 
2,7 
0,04 
Avstraliya va 
Okeaniya 
5,02 
0,20 
1,3 
0,03 
Barchasi 
104,8 
15,7 
100,0 
0,10 
Jadvalda suv eroziyasi mahsulotlari, ya’ni oqiziqlar oqimi t/yil va 
yuvilish qatlami (mm/yil) ko‘rinishlarida ifodalangan. Ularning 
birinchisidan ikkinchisiga o‘tishga oid hisoblashlarda tuproq­gruntning 
solishtirma og‘irligi 1,5 
3
m
tonna
deb qabul qilingan. Jadvalda 
Grenlandiya va Antarktida, shu bilan birga ichki oqimli hududlar ­ berk 
havzalar ham hisobga olinmagan. 
Ma’lumki, quruqlikning ichki oqimli hududlari (berk havzalar) da 
ham suv eroziyasi jadalligi nihoyatda katta qiymatlarda kuzatiladi. 
Masalan, Amudaryo havzasidan bo‘ladigan yuvilish yiliga 270 mln. 
tonnani tashkil etadi yoki bu raqam Yevropa qit’asining okeanga tutash 
havzalaridan hosil bo‘ladigan oqiziqlarning 2/3 qismiga tengdir. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, quruqlikning okeanlarga nishab 
yuzalaridan bo‘ladigan yuvilish miqdori yiliga 15,7 mlrd. tonnani tashkil 
etadi, ya’ni shuncha miqdordagi loyqa oqiziqlar Dunyo okeaniga kelib 


160 
tushadi. Buning eng ko‘p qismi ­ 67 % yoki 10,5 mlrd. tonnasi Osiyo 
qit’asiga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli eng katta yillik yuvilish qatlami (0,22 
mm) ham mazkur qit’ada kuzatiladi, boshqacha qilib aytganda, uning 
yuzasi 1000 yilda o‘rtacha 22 sm pasayadi. 
K.N.Lisitsina va V.V.Alekseyevlar suv eroziyasi mahsulotlarining 
Dunyo okeani havzalari bo‘yicha taqsimlanishini ham o‘rganganlar 
(17.2­jadval).
17.2­jadval 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling